Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 29.06.1995 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.06.1995 yildagi 243-son
Date of entry into force
29.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

KOʻNGILLI OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI, YoSh OʻT OʻChIRUVChILAR DRUJINALARI, OʻT OʻChIRISh-TEXNIKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-sonli “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhandis-texnik xodimlar, ishchilar, xizmatchilar, oʻquvchilarni yongʻinlarning oldini olish, yongʻin-profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazish ishiga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisidagi Nizom (1-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻt oʻchirish-texnika komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom (3-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR vazirliklari va idoralari sanoat korxonalarida oʻt oʻchirish-ishlab chiqarish komandalari tashkil etish toʻgʻrisida” 1953-yil 27-oktabrdagi 1775-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR vazirliklari va idoralari sanoat korxonalari va boshqa obyektlarida koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etish toʻgʻrisida” 1954-yil 25-martdagi 354-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 29-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243-son

Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 29-iyundagi 243-son qaroriga
1-ILOVA

Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning sanoat korxonalari va boshqa obyektlaridagi koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Yongʻinlarning oldini olish va oʻchirish ishlarini tashkil etish uchun, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sanoat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar va boshqa obyektlarda ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilardan iborat koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obyektlarda, idoraga qarashli yongʻindan saqlash xizmati borligidan qatʼi nazar, koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish davlat yongʻin nazorati organlariga, ular ishchilar va xizmatchilar orasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borganlarida esa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari 15 nafardan ortiq doimiy ishlovchisi boʻlgan obyektda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari obyektning kattaligi, tuzilmasi va mahalliy oʻziga xos xususiyatlariga qarab umum-obyektga yoki sex boʻyicha (obyektda bir nechta) boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Umumobyekt oʻt oʻchirish drujinasi, zarur boʻlgan hollarda, obyektning sexlarida, omborxonalarida va boshqa boʻlinmalarida boʻlimlarga ajratiladi, ular ish smenalarining soniga qarab tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sex koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari ham ishchi smenalarining soniga qarab boʻlim (jangovar guruh)larga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Umumobyekt (obyekt) koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boshligʻi koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari aʼzolarining umumiy yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi, davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlari bilan kelishib olinadi va obyekt (korxona) rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va boʻlinma (jangovar guruh)larning boshliqlari koʻp hollarda obyekt (sex) rahbari tomonidan sex maʼmuriyati xodimlaridan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasiga quyidagilar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyektda yongʻinga qarshi tartib-qoidalarning qanday bajarilayotganini va unga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishchilar va xizmatchilar oʻrtasida obyektda yongʻinga qarshi tartib-qoidalarga rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻt oʻchirish texnikasining, oʻt oʻchirish dastlabki vositalarining soz va jangovar holatdaligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yongʻin chiqqan hollarda oʻt oʻchirish komandasini chaqirish va odamlarni xavfli joydan koʻchirish hamda obyektdagi mavjud oʻt oʻchirish vositalari bilan yongʻinni oʻchirishga oid shoshilinch choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) zarur boʻlgan hollarda koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarining oʻt oʻchiruvchi mashinalarda, motopompalarda va oʻt oʻchirishning boshqa koʻchma va turgʻun vositalarining jangovar guruhlaridagi ishlarda qatnashish, shuningdek, oʻta zarur hollarda, sexlar va boshqa obyektlarda navbatchilikda turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) obyektning yongʻin-texnika komissiyasi va yongʻinlarni aniqlash, oldini olish hamda oʻt oʻchirishning yangi usullarini joriy etuvchi davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlari bilan oʻzaro birgalikda harakat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasini tashkil etish va uning ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasining soni obyekt (sex) rahbari tomonidan belgilanadi, lekin u 4 kishidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari ixtiyoriylik asosida obyekt (sex) ishchilari va xizmatchilaridan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻngilli oʻt oʻchirish drujinasi aʼzoligiga 18 yoshga toʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻngilli oʻt oʻchirish drujinasiga kiruvchi barcha shaxslar obyekt rahbari nomiga yozma holda ariza berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi tarkibiga qabul qilish va ushbu tarkibdagi keyingi oʻzgartirishlar obyekt (sex) boʻyicha buyruq bilan eʼlon qilinadi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagi hollarda koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzoligidan chiqarish amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻinga qarshi tartib-qoidani buzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarmaganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) drujina boshligʻining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) obyekt rahbariga oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshash haqida ariza berish yoʻli bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yongʻin chiqqan hollarda koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarining harakatlari toʻgʻrisidagi jangovar guruh tabeli sexning koʻrinadigan joyiga osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir koʻngilli oʻt oʻchiruvchi drujina va boʻlimga yongʻin chiqish hollari yoki avariya holati uchun jangovar guruh tabeli ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolari bilan oʻquv mashgʻulotlari obyekt (sex) rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga koʻra, ishdan boʻsh vaqtlarda, oyiga koʻpi bilan 4 soat oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarini ishdan tashqari vaqtda yongʻin soqchiligi boʻyicha navbatchilikka jalb qilish tartibi obyekt rahbari va davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlarining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyekt (sex)dagi yongʻinga qarshi tartib-qoidalarga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) obyekt (sex)dagi mavjud barcha dastlabki oʻt oʻchirish vositalarining ishga tayyorligini muntazam ravishda tekshirib borish va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishchilar va xizmatchilar oʻrtasida yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi shaxsiy tarkibi bilan mashgʻulotlar oʻtkazishga (ayrim hollarda mashgʻulot oʻtkazish uchun obyektning idoraga qarashli yongʻin soqchiligi jalb qilinishi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlinmalari boshliqlari ishiga rahbarlik qilishga va sex jangovar guruhlarining ishga tayyorligini tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) obyekt (sex)da oʻt oʻchirish qismlari yetib kelgunga qadar yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) obyekt (sex) rahbariyatini yongʻinga qarshi tartib-qoidalar buzilgani toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yongʻin nazorati davlat inspektorlari koʻrsatmasiga koʻra davlat yongʻin nazorati yozma topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) avariya holatlari roʻy berganda koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarining navbatchiligini tashkil etish va portlash yoki yongʻin chiqish xavfi bartaraf etilgunga qadar shaxsan rahbarlik qilishga majburdir,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Obyekt (sex)da koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasining boshligʻi boʻlmagan vaqtlarda drujina boshligʻining oʻrinbosarlari oʻz ish smenalarida uning barcha vazifalarini bajaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boshligʻi quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyekt rahbaridan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarmagan shaxslarni koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzoligidan ozod etish toʻgʻrisida iltimos qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzish va uni chora koʻrish uchun davlat yongʻin nazorati organlariga albatta berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) obyekt (sex)da yongʻinga qarshi tartib-qoidalarni yaxshilash yuzasidan ogʻzaki yoki yozma shaklda tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) portlash yoki yongʻin chiqishiga sabab boʻluvchi yongʻin xavfi boʻlgan ishlarni va boshqa ishlarni, ular obyekt maʼmuriyati yoki davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlari tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar, oʻtkazishni taqiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlinmasi boshligʻining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20, Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlinmasi (jangovar guruh)ning boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻinga qarshi tartib-qoidaga rioya qilinishini va sexda hamda oʻz smenasida oʻt oʻchirish vositalarining doim tayyor boʻlishini kuzatib turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) smena ishni tugatishi bilan sexning yongʻinga qarshi holatini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish va koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlimi (sexlar bir qancha smenalarda ishlaganda)ning ishga kirishuvchi boshligʻiga sex oʻt oʻchirish vositalarini topshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishga kirishishda koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlinmasi aʼzolarining borligini jangovar guruh tabeli boʻyicha tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mashgʻulotlarga koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarining toʻliq kelishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) boʻlimdagi koʻngilli oʻt oʻchirish drujinasi aʼzolarining oʻzlariga yuklangan vazifalarni bilishlarini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sexda yongʻin chiqqanda, oʻt oʻchirish sexlari va koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boshligʻi kelgunga qadar, yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasiga yangi kirganlarga yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha koʻrsatmalar berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sexdagi va ish oʻrnidagi yongʻinga qarshi tartib-qoidalarni bilishlari, unga rioya etishlari va buni boshqalardan ham talab qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jangovar guruh boʻyicha oʻz vazifalarini bilishlari va yongʻin chiqqan hollarda uni oʻchirishda faol qatnashishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sexda mavjud boʻlgan oʻt oʻchirish texnikasi va dastlabki oʻt oʻchirish vositalarining ishga tayyorligini kuzatib borishlari va barcha aniqlangan nosozliklar toʻgʻrisida koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasi boʻlinmasi boshligʻiga axborot berishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yongʻinga qarshi kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar koʻrishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) drujina aʼzolariga yuklangan majburiyatlarni, drujina (boʻlinma) boshligʻining farmoyishlarini bajarishlari, jadvalda nazarda tutilgan mashgʻulotlarga qatnashishlari va oʻzlarining yongʻin-texnikaga oid bilimlarini oshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasini mablagʻ bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalarini mablagʻ bilan taʼminlashga doir barcha xarajatlar ular tashkil etiladigan obyektlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻt oʻchirish avtomobillari va motopompalardagi jangovar guruhlar tarkibiga kiruvchi koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari aʼzolari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan maxsus kiyim-boshlar toʻplami (brezent kurtkalar, shimlar va qoʻlqoplar, paxtalik nimchalar va shimlar) hamda charm yoki kirza etiklari bilan, harbiylashtirilgan oʻt oʻchiruvchilar qismlari uchun belgilangan muddatga, taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari aʼzolarining ish vaqtida yongʻinni oʻchirish yoki avariyani bartaraf etishda qatnashgan paytdagi mehnatiga haq toʻlash mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq ishlab chiqarishdagi oʻrtacha oylik ish haqi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobiga koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining butun shaxsiy tarkibi yongʻin yoki avariyani bartaraf etish ishlari natijasida sodir boʻlgan oʻlim yoki shikastlanish hollari uchun har bir drujina aʼzosiga 50 (ellik)ta eng kam oylik ish haqi miqdorida sugʻurta qilinadi, bunda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 48-son qarorida nazarda tutilgan miqdorlarda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinasining eng faol aʼzolari davlat yongʻin nazorati hududiy va mahalliy organlarining iltimosiga binoan korxona tomonidan mukofotlanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 29-iyundagi 243-son qaroriga
2-ILOVA

Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari — oʻquvchilarda jasurlik, vatanga sodiqlik, tadbirkorlik, jamoatchilik va ijodkorlikni tarbiyalash, shuningdek, ularni jismoniy chiniqtirish, kasbga yoʻllash maqsadida tashkil etiladigan oʻquvchilarning ixtiyoriy birlashmasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻquvchilarni tarbiyalashda, ularni har tomonlama kamol toptirishda, ularda faol hayotiy nuqtai nazarni shakllantirishda maktabga faol yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat mulkini, fuqarolar hayoti, sogʻligi hamda mol-mulkini yongʻinlardan saqlashda kattalarga amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻt oʻchirish ishining asoslarini, yongʻinning oldini olish va uni oʻchirish, yongʻindan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish koʻnikma va malakalarini egallash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻt oʻchirish-amaliy sport boʻyicha sportchilar zaxiralarini tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari turar joylardagi umumtaʼlim maktablari, bolalar uylari, internat maktablari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-texnika bilim yurtlari, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlarida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari, xalq taʼlimi, yongʻindan saqlash organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻquvchilar orasidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umumtaʼlim maktablari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-texnika bilim yurtlari, internat maktablar, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlari maʼmuriyati koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari va yongʻindan saqlash organlari koʻmagida yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotini oʻqituvchilar, tarbiyachilar, shuningdek, yongʻindan saqlash organlari xodimlari orasidan tanlaydilar va tasdiqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarni tayyorlash koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari tashkilotlari tomonidan yongʻindan saqlash, xalq taʼlimi organlari bilan birgalikda koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari oʻquv kombinatlari, oʻt oʻchirish-texnika markazlari, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari va tuman, shaharning eng yaxshi maktablari negizida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlashning asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlash quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yongʻin xavfsizligi qoidalarini va yongʻin paydo boʻlgan taqdirda qanday harakat qilishni oʻrgatish, dastlabki oʻt oʻchirish vositalarini oʻrganish va oʻt oʻchirish texnikasi, oʻt oʻchirish-texnika anjomlari, aloqa vositalari, avtomatik oʻt oʻchirish, yongʻin va yongʻindan saqlash signalizatsiyasi tizimlari bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) maktablar, bolalar bogʻchalari, maktabdan tashqari muassasalar va turar joylarda targʻibotning texnik vositalari, maktablar radio tarmoqlari, devoriy gazetalar, fotomontajlar, “chaqmoqlar” va yosh oʻt oʻchiruvchilar burchaklaridan foydalanib bolalarning oʻt bilan oʻynashishlaridan kelib chiqadigan yongʻinlarning oldini olish va yongʻin-profilaktika ishlari boʻyicha ommaviy-tushuntirish ishlariga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻt oʻchirish-amaliy sport mashgʻulotlari va musobaqalari, yongʻinga qarshi tanlovlar, olimpiadalar, viktorinalar, slyotlar oʻtkazish, tashviqot brigadalari, badiiy havaskorlik jamoalari, bolalar kinoteatrlari tashkil etish, musobaqalar, ekskursiyalar, poxodlar, reydlar, dozorlar, harbiy-sport oʻyinlari va yoshlar festivallarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻt oʻchirish qismlari, koʻngilli oʻt oʻchirish jamoalari, oʻt oʻchirish-texnika maktablari, oʻquv markazlari, oʻt oʻchiruvchilarning jasoratlari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar, muzeylar va unutilmas joylarda boʻlish, yongʻin soqchiligi va koʻngilli oʻt oʻchirish tashkilotlari tarixi hamda xodimlari toʻgʻrisida yangi materiallar toʻplash, maktab muzeylari huzurida shon-shuhrat ekspozitsiyalari tashkil etish, yongʻindan saqlash va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlarining xizmat koʻrsatgan xodimlari hamda faxriylari, oʻt oʻchirish-amaliy sport chempionlari va ustavlari bilan uchrashuvlar uyushtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bolalar texnika ijodiyotini rivojlantirish, oʻt oʻchirish-texnik modellash, yosh oʻt oʻchiruvchilar toʻgaraklarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tuzilmasi va ularning ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktablar, internatlar, bilim yurtlari va boshqa oʻquv yurtlarining 12 yoshga yetgan va undan katta boʻlgan, drujinalarning ishida faol qatnashish istagini bildirgan oʻquvchilar yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi kamida 10 nafar drujinachilari boʻlganda tashkil etiladi hamda ular otryad va guruhlarga boʻlinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilar soni kam boʻlgan qishloq maktablarida tarkibi kamida 10 kishidan iborat boʻlgan yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarini tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzoligiga qabul qilish drujinaning umumiy yigʻilishida ogʻzaki ariza asosida amalga oshiriladi. Jamoatchi tashkilotlar yangi qabul qilingan barcha oʻt oʻchiruvchilar bilan koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqqan maxsus dastur boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar. Oʻqitish tamom boʻlishi bilan yosh oʻt oʻchiruvchilar zachyot topshiradilar va ularga yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzosi guvohnomasi, belgisi va yengga taqiladigan uqa (shevron) tantanali vaziyatda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi ishiga kundalik rahbarlikni maktab oʻquvchilar qoʻmitasi amalga oshiradi. Maktab oʻquvchilar qoʻmitasi oʻz tarkibidan drujina sardorini, uning oʻrinbosarlarini, otryadlar va guruhlar sardorlarini saylaydi. Kam sonli drujinalarda faqat drujina sardori va uning oʻrinbosari saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi aʼzolari koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari hududiy organlari hisobiga parad, ish va sport kiyimi bilan taʼminlanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yosh oʻt oʻchiruvchining majburiyatlari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yosh oʻt oʻchiruvchi quyidagilarni bajarishga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻquvchilarning barcha qoidalarini bajarish, vijdonan oʻqish, maktabda va uning tashqarisida namunali intizomni namoyon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) yosh oʻt oʻchiruvchi obroʻsi va nomini qadrlash, drujina ishlarida faol qatnashish, drujina sardori va shtabi topshiriqlarini oʻz vaqtida hamda aniq bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻt oʻchirish ishini oʻrganish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishda oʻrnak boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tengqurlar va kichik yoshdagi bolalar oʻrtasida yongʻinning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yongʻindan saqlash va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari mutaxassislari rahbarligida turar joy sektori, bolalar va maktab muassasalarida hosilni, pichanzorlarni qoʻriqlash boʻyicha yongʻin-profilaktika ishlarini oʻtkazishda qatnashish va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻz sport mahoratini oshirish, oʻt oʻchirish-amaliy sport bilan shugʻullanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yosh oʻt oʻchiruvchi quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinasi rahbar organlariga saylash va saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) drujina faoliyatiga oid barcha masalalarni muhokama qilishda qatnashish va tegishli takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha yongʻindan saqlash mahalliy organlariga va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari tashkilotiga yordam va maslahat soʻrab murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) drujinadagi faol ishi uchun koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari tashkilotlari, xalq taʼlimi, yongʻindan saqlash organlari tomonidan yorliqlar, koʻkrakka taqiladigan nishonlar, qiymatli sovgʻalar, yoʻllanmalar bilan taqdirlanish, yosh oʻt oʻchiruvchilarning viloyat, respublika va xalqaro slyotlariga yuborilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻt oʻchirish-texnika oʻquv yurtlariga va oʻt oʻchirish mutaxassislarini tayyorlovchi boshqa oʻquv yurtlariga oʻqitishga yuborilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yongʻinni oʻchirish, odamlarni qutqarib qolish, jonivorlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilishdagi mardona hamda qatʼiy harakatlari uchun belgilangan tartibda hukumat mukofotlari bilan taqdirlanishga tavsiya etilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari barcha aʼzolarining hayoti yongʻin yoki avariyani bartaraf etish ishlari natijasida sodir boʻlgan oʻlim va shikastlanish hollari uchun drujinaning har bir aʼzosi 50 (ellik)ta eng kam oylik ish haqi miqdorida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari hisobiga sugʻurta qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari ishiga rahbarlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari ishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish uchun tuman, shahar, viloyat va respublika shtablari tashkil etiladi. Shtablar tarkibiga xalq taʼlimi, yongʻindan saqlash organlari, koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari kengashlari, matbuot, televideniye va radioeshittirish, ijodiy uyushmalar, sport va boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi shtab boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, shtab kotibi va aʼzolari tegishli ravishda tuman, shahar xalq taʼlimi, ichki ishlar organlari va koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari kengashlarining birgalikdagi qarori bilan tasdiqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi tuman (shahar) shtabi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumtaʼlim maktablari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalar, hunar-texnika bilim yurtlari, kollejlar, gimnaziyalar, litseylar va boshqa oʻquv yurtlariga yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari, klublari, toʻgaraklarini, oʻt oʻchirish-amaliy sport seksiyalarini tashkil etishda yordam beradi, drujinalar faoliyatini tekshiradi, ijobiy ish tajribalarni umumlashtiradi va tarqatadi, drujinalarga topshiriqlar beradi va ularning ish rejalarini muvofiqlashtiradi, yongʻinlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) drujinalar, yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarning hisobotlarini tinglaydi, drujinalar aʼzolarini ragʻbatlantirishga doir materiallarni koʻrib chiqadi, musobaqalar, olimpiadalar, tanlovlar va shu kabilar dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalariga oʻt oʻchirish qismlari jamoalari, oʻquv boʻlinmalari va yongʻindan saqlash hamda koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari boshqa tashkilotlarining otalik qilishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari bilan ishlovchi respublika va viloyat shtablari quyi shtablar faoliyatiga rahbarlik qiladilar, yongʻinlarning oldini olish ishlarining shakl va uslublarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqadilar, ommaviy tadbirlarni tashkil etadilar, shtablar va yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining eng yaxshi ish tajribalarini oʻrganadilar va yoyadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining moddiy-texnika taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan olib boriladigan ishlar (yigʻinlar, seminarlar, slyotlar, musobaqalar, koʻriklar, ekskursiyalar, poxodlar, reydlar, viktorinalar va boshqalar)ni amalga oshirish, bolalar oʻt oʻchirish komandalari uchun depolar, sport shaharcha (maydoncha)larini, oʻt oʻchirish-texnika koʻrgazmalari, yosh oʻt oʻchiruvchilar saroylari va klublari, bolalar oromgohlarini qurish, drujinalar uchun oʻt oʻchirish texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar, formali kiyimlar, anjomlar, belgi (nishon)lar, guvohnomalar, sport ashyolari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar, madaniy-ommaviy ishlar uchun buyumlar, targʻibot texnika vositalari, idoraviy ashyolar va shu kabilarni xarid qilish, yosh oʻt oʻchiruvchilar burchaklarini jihozlash, drujina aʼzolari va yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan ishlovchi jamoatchi tashkilotchilarni oʻqitish, oʻt oʻchirish-amaliy sport seksiyalari ustozlariga haq toʻlash xarajatlari zaminida yosh oʻt oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etilgan muassasalar koʻmagida koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari va yongʻindan saqlash organlari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yosh oʻt oʻchiruvchilar bilan amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlari, yongʻindan saqlash organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar sport bazalari, jihozlarni beradilar, mutaxassislar, shuningdek, oʻt oʻchirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 29-iyundagi 243-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat korxonalari va boshqa obyektlardagi yongʻin-texnika komissiyalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sanoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarning muhandislik-texnika xodimlarini, xizmatchilarini yongʻinga qarshi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda qatnashishga jalb qilish, obyektlarda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yongʻinga qarshi himoyani yaxshilash maqsadida yongʻin-texnika komissiyalari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yongʻin-texnika komissiyalari mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, shuningdek, davlat yongʻin nazorati organlari taklifiga koʻra sanoat korxonalari, yangi qurilayotgan yirik obyektlarda, ilmiy-tadqiqot institutlari, oʻquv yurtlari, davolash, sogʻlomlashtirish, madaniy-tomosha muassasalarida, mehmonxonalar, teleradio uzatish markazlarida, yirik aloqa tarmoqlarida, aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida, jamoa xoʻjaliklarida, qishloq xoʻjaligi korxonalarida va boshqa obyektlarda tashkil etiladi. Yongʻin-texnika komissiyalari tarkibiga, odatda, bosh muhandis (rais), energetik, texnolog, mexanik, xavfsizlik texnikasi muhandisi, yongʻindan saqlash (drujinasi) boshligʻi, muhandis-texnik xodimlar va korxona rahbari xohishiga koʻra boshqa shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi tashkiloti vakili kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yongʻin-texnika komissiyalari davlat yongʻin nazorati mahalliy organlari bilan doimo aloqada boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yongʻin-texnika komissiyalari oʻz amaliy ishlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yongʻin-texnika komissiyalari korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda shu obyekt rahbari buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yongʻin-texnika komissiyalarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar yongʻin-texnika komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlari, agregatlar, qurilmalar, laboratoriyalar, ustaxonalar, omborlar, bazalar va shu kabilar ishidagi yongʻin, portlash yoki avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan buzilishlarni aniqlash va bu buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) korxonalarning yongʻindan saqlash xizmatiga yongʻin-profilaktika ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda, ishlab chiqarish, omborxona, maʼmuriy va boshqa bino hamda inshootlarda qattiq yongʻinga qarshi tartibni oʻrnatishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yongʻin xavfini kamaytirish va obyektning yongʻinga qarshi himoyasini yaxshilashga oid ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishchilar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar oʻrtasida yongʻinga qarshi qoidalarga hamda yongʻinga qarshi oʻrnatilgan tartibga rioya qilish masalalari boʻyicha ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yongʻin-texnika komissiyalari qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) korxonaning barcha ishlab chiqarish, omborxona, maʼmuriy va boshqa xizmat binolarini ishlab chiqarish-texnologiya jarayonlari, apparatlar, agregatlar, elektr xoʻjaligi, isitish, ventilatsiya tizimlari va boshqa qurilmalardagi yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan nuqsonlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida 2—4-marta (korxonaning yongʻin-portlash xavfiga koʻra) mufassal koʻrikdan oʻtkazishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllari va usullarini belgilash, yongʻinga qarshi zarur tadbirlarning bajarilishi muddatlarini belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishchilar, xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yongʻinga qarshi mavzularda koʻrsatmalar berish, suhbatlar oʻtkazish va maʼruzalar uyushtirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) rahbarlar huzurida va texnikaviy kengashlarda korxonalarning yongʻinga qarshi holatlari toʻgʻrisidagi masalalarni muhokamaga qoʻyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) korxonaning sexlari, omborxonalari, laboratoriyalari va boshqa obyektlari uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar, qoidalar ishlab chiqishda faol qatnashishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) korxonalarda yongʻindan saqlash mutaxassislari, ilmiy-texnik xodimlar, kasaba uyushmalari tashkilotlari, mehnatkashlar faollari ishtirokida ham butun korxona, ham uning ayrim uchastkalari, sexlari, omborxonalarida yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha yongʻin-texnika konferensiyalari, seminarlar va kengashlar oʻtkazishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) korxonalar sexlari, omborxonalari, turar joylarining yongʻinga qarshi holati va yongʻindan saqlash hamda koʻngilli oʻt oʻchirish drujinalarining jangovar tayyorgarligi koʻrik-tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazishlari, davlat yongʻin nazorati organlari tavsiya etgan yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilishiga erishishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Zarur boʻlgan hollarda korxona rahbari yongʻin-texnika komissiyasiga yongʻin xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarni oʻtkazishni ham topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yongʻin-texnika komissiyalari ishini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yongʻin-texnika komissiyalari oʻz ishini ish vaqtida tashkil etadi va uni korxonaning barcha ish smenalarida olib boradi. Favqulodda holatlar (yongʻin, halokat, avariya, avariya holatlari va shu kabilar)da yongʻin-texnika komissiyasi aʼzolari obyekt rahbarining buyrugʻi bilan kunning istalgan vaqtida masalalarni hal etishga jalb qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yirik sanoat korxonalarida, umumobyekt yongʻin-texnika komissiyalaridan tashqari, sex yongʻin-texnika komissiyalari tashkil etilishi mumkin. Bu holatda umumobyekt yongʻin-texnika komissiyasi sex komissiyalari ishini nazorat qiladi va ularga boshchilik qiladi, butun korxonaning yongʻinga qarshi ahvolini yaxshilash masalalarini hal etadi va yongʻin chiqish xavfi kuchli boʻlgan uchastkalar hamda ishlab chiqarish-texnologiya jarayoni qurilmalarida yongʻinning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Umumobyekt yongʻin-texnika komissiyasi, qoidaga koʻra, oʻz ishini quyidagi ixtisoslashgan seksiyalar boʻyicha tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqarish-texnologiya jarayonida va ishlab chiqarish asbob-uskunalarida yongʻin chiqish xavfini kamaytirish seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishi seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) elektr tarmoqlari va elektr asbob-uskunalaridan xavfsiz foydalanish seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yongʻinga qarshi avtomatika va aloqa seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yongʻinga qarshi suv taʼminoti seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yangi qurilish va rekonstruksiya qilishdagi qurilish normalari hamda qoidalarida yongʻinga qarshi talablarga rioya qilish seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) ventilatsiya va tutun chiqarish tizimlaridan foydalanishda yongʻinga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) turar joy sektorida yongʻinga qarshi chora-tadbirlar seksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) yongʻinga qarshi targʻibot va tashviqot seksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yongʻin-texnika komissiyasi davlat yongʻin nazorati koʻrsatmalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni bekor qilish va oʻzgartirish huquqiga ega emas,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati chora-tadbirlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish zarur boʻlgan taqdirda komissiya oʻz takliflarini korxona direktoriga taqdim etadi. Direktor bu masalani davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yongʻin-texnika komissiyasi tomonidan belgilangan yongʻinga qarshi chora-tadbirlar dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va u kengaytirilgan majlisda koʻrib chiqilgandan soʻng korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va ular belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya tomonidan taklif etilgan yongʻinga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini kundalik nazorat qilish bevosita korxona yongʻindan saqlash xizmati (koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalari) boshligʻiga yoki uning oʻrnida ishlovchiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat yongʻin nazorati mahalliy organlari yongʻin-texnika komissiyalari ishini vaqt-vaqti bilan nazorat qilishni amalga oshiradilar va ularga uslubiy hamda amaliy yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Obyektni yongʻinga qarshi namunali holatga keltirganliklari uchun yongʻin-texnika komissiyalari aʼzolari davlat yongʻin nazorati hududiy yoki mahalliy organining taqdimnomasiga binoan obyekt rahbari tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin.