Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017 05.12.1995 yildagi 449-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.1995 yildagi 449-son
Date of entry into force
05.12.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi taqdimnomasiga binoan viloyat, tumanlararo va tuman inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda oʻsimliklar karantinini tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1979-yil 6-iyuldagi 656-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 15-avgustdagi 585-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimi (Mardonov) ga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
449-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 5-dekabrdagi 449-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi (bundan keyin “Oʻzboshdavkarantin”) deb ataladi) “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzboshdavkarantin” Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat xizmatiga rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzboshdavkarantin” Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi, ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzboshdavkarantin” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, blanklar va shtamplarga ega boʻladi, oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda majburiyatlar olishi, sudlarda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻsimliklar karantini davlat xizmati organlarining asosiy vazifasi oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat boʻlib, ular quyidagilarga qaratilgandir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududini xalq xoʻjaligiga anchagina iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarining chet mamlakatlardan kirib kelishidan muhofaza qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik hamda bartaraf etish, shuningdek, ularning respublikaning ular yoʻq boʻlgan joylariga kirib borishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish hamda ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzboshdavkarantin” asosiy vazifalariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, respublika hududida ushbu tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar bajarishi majburiy boʻlgan oʻsimliklar karantini boʻyicha buyruqlar, yoʻriqnomalar, nizomlar, qoidalar chiqaradi hamda ularni belgilangan tartibda ularga yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar va begona oʻtlarning respublika uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararkunandalari, kasalliklari roʻyxatini, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda respublikadan chetga chiqarilishi mumkin boʻlmagan biologik obyektlar roʻyxatini har besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlarni, oʻsimliklarni, oʻsimlik xomashyosini, boshqa oʻsimlik mahsulotlarini va xalq isteʼmol tovarlarini respublikaga olib kelish, mamlakat ichida tashish, eksport chiqarish hamda ulardan foydalanishning karantin qoidalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini boʻyicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlar doirasida ifodalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashishda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga hamda boshqa korxona va tashkilotlarga yordam koʻrsatish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari tashkil etadi;
(7-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport joʻnatiladigan, shuningdek, chet mamlakatlardan respublikaga keltirilgan oʻsimliklar va begona oʻtlar karantin zararkunandalarining, kasalliklarining tashuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududini karantin boʻyicha mintaqalashtirishni va mikromintaqalashtirishni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilgʻor tajribani, yangi uslublarni, vositalarni va usullarni targʻib qilishni hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishni, karantin obyektlari toʻgʻrisidagi bilimlarni aholi oʻrtasida ommalashtirishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy hokimiyat organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hudud boʻyicha karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻgʻrisida tavsiyanomalar yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlarni, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini import qilishga, shuningdek respublika hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan tarkibida urugʻlar, oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari boʻlgan yuklarga karantin ruxsatnomalari beradi;
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzboshdavkarantin” ga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi tashkilotlarning yirik hisobotlari va prognozlarini, smetalarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin tadbirlarini oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha taqsimlash, ularning toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantin boʻyicha davlat xizmati quyi organlarining qonunga zid boʻlgan buyruqlari va farmoyishlarini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus toʻplamlar, maʼlumotnomalar, qatʼiy hisobot hujjatlari va boshqa materiallarni nashr etish hamda barcha davlat inspeksiyalarini belgilangan yagona shakldagi hujjatlar bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlarini ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy jazolar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda oʻsimliklar karantini masalalari boʻyicha konferensiyalar, kengashlar va seminarlar tayyorlash va oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, pochtamtlar va tosh yoʻllaridagi oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlari bevosita “Oʻzboshdavkarantin” ga boʻysunadilar va ular zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import va eksport qilinayotgan oʻsimlik mahsulotlari namunalarini, chet mamlakatlardan keltirilayotgan transport vositalarini, shuningdek, Oʻzbekiston hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtilayotgan oʻsimlik mahsulotlarini karantin koʻrigidan va ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import oʻsimlik mahsulotlarini zararkunandalardan zararsizlantirish yoki begona oʻtlar urugʻlaridan tozalash toʻgʻrisida yuk egalariga koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
punkt faoliyat koʻrsatadigan hududda oʻsimlik va begona oʻtlarning karantin zararkunandalari hamda kasalliklarini aniqlash maqsadida yer maydonlari, ekinzorlar, oʻsimliklar va omborxona binolarini tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek, aniqlangan zararlanish oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import oʻsimlik mahsulotlarini, omborlarni va ushbu mahsulotlar saqlanadigan joylarni zararsizlantirish tadbirlari samaradorligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik mahsulotlarini tashish huquqi boʻyicha karantin hujjatlarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan tadbirlarning chegara punkti faoliyat hududdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq (Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh inspektori) rahbarlik qiladi. Boshliq oʻrinbosarini (Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektori oʻrinbosarini) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi boshligʻi zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inspeksiyaning barcha ishlarini tashkil etish va uning faoliyati uchun shaxsan javob berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi mol-mulkini va mablagʻlarini tasarruf etish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar, shu jumladan, boshqaga ishonib topshirish huquqi bilan berish, banklarda hisob-kitob, valyuta, maxsus va boshqa schyotlar ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyruqlar va farmoyishlar chiqarish, inspeksiya apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat inspeksiyalari boshliqlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, shuningdek, oʻsimliklar karantini chegara punktlari mudirlarini, ilmiy markaz direktorini va karantin laboratoriyalari mudirlarini, maxsus fumigatsiya otryadlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan boʻshatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek, “Oʻzboshdavkarantin” boʻlimlari va boshqa boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat inspeksiyalari va tasarrufdagi boshqa tashkilotlar faoliyatiga taalluqli eng muhim masalalarni koʻrib chiqish va hal etish uchun bamaslahat boshqaruv organi – Kengash tuziladi, uning tarkibiga oʻsimliklar karantini xizmatining rahbar xodimlari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshligʻi Kengash raisi hisoblanadi. Kengash toʻgʻrisidagi Nizom va Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karantin xizmatining yangi yoʻnalishlari boʻyicha fan va texnikani rivojlantirish, takliflar, ishlanmalar va tavsiyanomalarni koʻrib chiqish, ularni ilmiy jihatdan asoslash hamda joriy etishni jadallashtirish maqsadida olimlar, mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibida ilmiy-texnika kengashi tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnika kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Kengash raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-bandning birinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 12-son, 47-modda; 2013-y., 41-son, 550-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)