Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“GUVOHLAR, JABRLANUVChILAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARNING QILGAN XARAJATLARINI TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 1992-yil 1-avgustdan kuchga kiritilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi 1963-yil 4-fevraldagi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1963-yil, № 4, 9-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati 1967-yil 25-yanvarda qabul qilgan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmon (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1967, № 1,9-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
661a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y.,9-son, 360-modda)