16.06.2020 yildagi PQ-4752-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.06.2020 yildagi PQ-4752-son
Date of entry into force
16.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada xizmatlar sohasining tezkor oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mazkur yoʻnalishda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan 10 foiz stavkada beriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa maishiy, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun 14 foiz stavkada 1 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-212-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila ― tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga muvofiq jalb etilgan resurs mablagʻlarining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablagʻlardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltirilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4752-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 07/20/4752/0769-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son; 20.04.2022-y., 07/22/212/0324-son, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)