Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 31.07.1992 yildagi 356-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 31.07.1992 yildagi 356-son
Date of entry into force
31.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAXKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUZILISHI TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 11-FEVRALDAGI 59-SON QARORIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Koʻrsatilgan qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Kelishilgan moliya, soliq, valyuta va narx siyosatini oʻtkazishni taʼminlash, moliya tizimini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan, valyuta resurslaridan maqsadli foydalanish va narxlar ustidan nazoratning taʼsirini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida moliya boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilishini va narx belgilash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq”, undan keyin matn boʻyicha davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bandning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (toʻlov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga valyuta rejasini tuzish va bajarish, valyuta resurslarining sarflanishini nazorat qilish vazifalari yuklatilganligi va ushbu maqsadlar uchun maxsus tarkibiy boʻlinmalar tuzish zarurligi munosabati bilan respublika moliya organlari xodimlarining cheklangan soni 50 kishiga, shu jumladan, Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining soni 20 kishiga koʻpaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya organlarining tuzilgan tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356-son