Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 24.07.1992 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.07.1992 yildagi 346-son
Date of entry into force
24.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA KASSA AʼMOLLARINI TARTIBGA SOLIShNING KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pulni gʻayriqonuniy tarzda toʻlashga hamda pulning qadrsizlanishi kuchayishiga olib boradigan pul mablagʻlarini mijozlarning hisobiga soxta bank hujjatlari boʻyicha oʻtkazishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarining bank hisobiga Oʻzbekiston tashqarisidan oʻtkazilayotgan soxta bank hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyganlik masʼuliyati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank tijorat banklarining korrespondentlik hisobiga mablagʻlarni “soʻm” mintaqasiga kiruvchi davlatlarning markaziy (milliy) bank muassasalarining tamgʻali muhri bilan tasdiqlangan hujjatlar boʻyicha va ularni puxta tekshirgandan soʻng oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarni berishni Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 166-son qaroriga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati banki va Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki shu yilning 1-sentabriga qadar ular bank tizimini qayta tashkil etish davrida sobiq SSSR davlat bankidan 1988-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holatda qabul qilib olgan xizmat binolari va asbob-anjomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika tijorat banklari kassa xizmati koʻrsatish boʻlimlarini ochish uchun oʻzining binolaridan va ijaraga olgan binolaridan shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joy bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1992-yil 1-oktabrga qadar Markaziy bank, tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlimlari rahbar xodimlarini (ularning egallab turgan lavozimiga mos yoki mos emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi bilan) ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ikki hafta muddat ichida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga xalq xoʻjaligida kassa aʼmollarini yuritishning yangi tartibini yetkazish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari kassa aʼmollarini yuritishning belgilangan tartibi qatʼiy bajarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublika Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan kassa aʼmollarini yuritish tartibini buzganlik uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari va bosh buxgalterlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan pul oʻtkazish yoʻli bilan fuqarolarning shaxsiy hisobiga kelib tushayotgan mablagʻlarni hisobga olish hamda naqd pul berish tartibini uch hafta muddat ichida ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xizmat safariga yuboriladigan shaxslar uchun muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl transporti chiptalarini naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotishga oʻtish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi kelishib olingan takliflarni ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining bank faoliyati bilan, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun ana shunday banklarni tegishli mintaqa hududida barpo etishga jiddiy iqtisodiy zarurat boʻlgan taqdirdagina va Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilganidagina litsenziyalar berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kredit zaxiralari va naqd pulning koʻplab yetishmayotganini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining savdo-vositachilik va savdo-xarid aʼmollarini amalga oshirish (davlat ehtiyojlarini hamda hukumat qarorlariga muvofiq ravishda aholini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash bundan mustasnodir) uchun qarz berishni 1993-yilning 1-iyuliga qadar vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
346-son