16.03.2020 yildagi PQ-4640-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.03.2020 yildagi PQ-4640-son
Date of entry into force
17.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada matbaa va noshirlik sohasini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, bosma mahsulotlar bozorini rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, matbaa va noshirlik sohasida hozirgi kundagi ishlar ahvoli matbaa va noshirlik tashkilotlari oʻrtasida raqobat muhitini kuchaytirishni, mualliflik huquqi buzilishining oldini olish, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini cheklash, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish tartibini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noshirlik va matbaa sohasida davlat aralashuvini keskin kamaytirish, nashriyot va matbaa sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, shuningdek, taʼlim muassasalari uchun sifatli darsliklar va oʻquv-metodik majmualar yetkazilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-oktabrdan boshlab respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narxlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tizimini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumdan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noshirlik va matbaa korxonalari, shu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvchi korxonalar narxni shakllantirish siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari ham qatnashishi mumkin boʻlgan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan noshirlik va matbaa faoliyatini yuritishni boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Oʻqituvchi matbaa uyi” davlat korxonalarini oʻrnatilgan tartibda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga samarali foydalanish uchun oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻqituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Agentlik hududiy boʻlinmalari tizimidagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat korxonasini tashkil etish, unga “Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalarini qoʻshib olish hamda “Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasining noshirlik bazasini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan davlat korxonalarini baholash, qayta tashkil etish, savdoga qoʻyish va tugatish grafiklarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda “Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Oʻqituvchi matbaa uyi” va “Koʻzi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonalarini belgilangan tartibda qabul qilib olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xalqaro audit va konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ishtirokidagi nashriyot-matbaa korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash va ularning jozibadorligini oshirish boʻyicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda sotilmagan hamda tugatilgan nashriyot-matbaa korxonalarining mol-mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tugatilayotgan nashriyot tashkilotlariga tegishli mutlaq mualliflik huquqlari (darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan huquqlar bundan mustasno) yangi tashkil etilayotgan “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat korxonasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning nashriyot tashkilotlarining darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan mavjud mutlaq mualliflik (noshirlik) huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga begʻaraz oʻtkaziladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qoʻshimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni asossiz oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumtaʼlim oʻquv dasturi darsliklari mustasno) va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini koʻzda tutsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini qayta koʻrib chiqib, tubdan takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha muallif va tuzuvchilarni tanlash, yaratilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertiza qilish, sinovdan oʻtkazish, ularni taʼlim tizimida qoʻllash boʻyicha ilmiy xulosa berish vazifalarini yuklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sohasidagi darsliklar va oʻquv-metodik majmualar tayyorlash, nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ularda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlanadigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlarni Xalq taʼlimi vazirligiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish bilan bogʻliq ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan ilmiy xodimlarni bajaradigan ilmiy-texnikaviy ishlar hajmidan kelib chiqqan holda muayyan muddatga shartnoma asosida ishga qabul qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondini yanada rivojlantirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Agentlik, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijodiy koʻrik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B. Xodjayev) bir oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan matbaa mahsulotlarining tannarxini kamaytirish maqsadida import qilinayotgan xom ashyolarni (qogʻoz, karton, boʻyoq va yelim) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etish va qayta nashr etishga tender (tanlov) savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga axborot, noshirlik va matbaa sohasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish vakolati yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarida noshirlik faoliyati sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda xorijiy davlatlar taʼlim tizimida foydalanilayotgan STEAM fanlari (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) boʻyicha zamonaviy darsliklarni respublika umumiy taʼlim muassasalarida tatbiq etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlik ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi bilan birgalikda noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashriyot va matbaa sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablarini qayta koʻrib chiqsin hamda zamon talablariga javob bermaydigan norma va normativlar, jumladan ijodiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish uchun Yozuvchilar uyushmasining xulosasini olish amaliyotini bekor qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi bilan birgalikda noshirlik va matbaa sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalari uchun poligrafiya mahsulotlarining xavfsizligi haqida umumiy texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 16-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4640-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 07/20/4640/0325-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)