Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997 04.04.1995 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.04.1995 yildagi 117-son
Date of entry into force
04.04.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARI APPARATI TARKIBIDA XALQ ISTEʼMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh, SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDA TADBIRKORLIK, XUSUSIY BIZNES VA TIJORAT IShLARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMLARI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-sonli “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, bozor infrastrukturasini tashkil etish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ijro etuvchi apparatlari tarkibida xodimlarning umumiy soni va ularga sarflanadigan xarajatlar doirasida xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlikni, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 4-apreldagi 117-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik, xususiy biznes va tijorat ishlarini muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boʻlim xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, tayyorlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalariga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boʻlim tegishli hududlarda joylashgan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining, tayyorlov tashkilotlarining, dehqon bozorlari va mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida mintaqaviy xususiyatlarni va aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli boʻlinmalar va xoʻjalik organlari bilan birgalikda mulkchilikning barcha shakllarida xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni, savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni istiqbolli rivojlantirishning umumiy konsepsiyasini va maqsadli dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va unda qatnashish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlarda mulkchilik shakllarini oʻzgartirish, monopol tuzilmalarning yakka hokimligini tugatish, tadbirkorlikni rivojlantirishni va xususiy biznesning ahamiyatini oshirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy organlar bilan birgalikda jahon bozorida raqobatlasha oladigan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga, eksportga tovarlar yetkazib berishni uzluksiz koʻpaytirishga, xorijiy firmalar va MDH mamlakatlari bilan birgalikdagi yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etishga, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish va ishlab turganlarini texnik qayta jihozlash uchun chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga qulaylik yaratishni hisobga olgan holda mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini oqilona joylashtirishga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy koʻrsatishni tashkil etishni takomillashtirish, savdo qilishning ilgʻor shakllari va usullarini joriy etish, aholiga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda, xorijiy sarmoya ishtirokidagi qoʻshma korxonalarni tashkil etishda, tijorat, marketing va boshqa tuzilmalarni rivojlantirishda yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini, shuningdek ular joylashgan yer maydonlarini jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib tanlov asosida sotish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy (shahar, tuman) boʻlimlariga tashkiliy va metodik yordam koʻrsatish va ular faoliyatini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Boʻlimning asosiy funksiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana savdo tarmogʻida kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari asosiy turlarining sotuvda boʻlishi va xilma-xil xizmatlarning mavjudligi hamda bozorni tovar resurslari bilan toʻldirish boʻyicha tegishli xoʻjalik organlari qabul qilayotgan chora-tadbirlar ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolni belgilash va statistika organlari bilan birgalikda xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish va ularning ishlarini yaxshilashga oid tegishli takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar, shaharlar boʻyicha mulkchilikning barcha shakllaridagi mavjud savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining va tadbirkorlik tuzilmalarining hisobga olinishini taʼminlash hamda joylarda tegishli tashkilotlar tomonidan savdo va faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullanish huquqiga ruxsatnoma guvohnomalari berish ishlarining ahvoli ustidan nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Oʻzdavstandart” markazi organlari bilan birgalikda viloyat hududida joylashgan xalq isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari chiqarayotgan mahsulotlar sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar boʻyicha aholiga savdo, maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, xizmat koʻrsatish sohasini istiqbolda rivojlantirish masalasiga oid ishlarning ahvolini va xoʻjalik organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini nazorat-kassa apparatlari bilan taʼminlashda va ulardan joylarda foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli idoralar hamda tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish joylari tashkil etish, qishloq aholisini tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va savdo sohasiga jalb qilish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulkchilik asosida qurilayotgan va tashkil etilayotgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarini shaharlar, tumanlar va aholi yashash joylarining eng nufuzli hamda gavjum qismlarida joylashtirish masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, tumanlar va yirik aholi yashash joylarida supermarketlar, ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlarni tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining xalq isteʼmol tovarlari va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish ishining haqiqiy ahvolini har tomonlama oʻrganish va shu asosda mintaqada kundalik zarur oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boʻlimning huquqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari va farmoyishlarining, shuningdek, boshqa normativ hujjatlarning xoʻjalik va boshqa hududiy organlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida tegishli korxonalar hamda tashkilotlarni jalb qilgan aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni, bozor infrastrukturasini yaratishni taʼminlovchi xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish, savdo tarmoqlari va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish konsepsiya va dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi aksionerlik jamiyatlaridan, jamoa, xususiy va boshqa korxonalardan, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalaridan tadbirkorlarning tijorat siri hisoblanmaydigan maʼlumot hamda axborotni talab qiladi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi ishlarning ahvolini oʻrganish va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalarni tayyorlash maqsadida zarur hollarda tarmoqlar mutaxassislari va xodimlarini jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalariga berilgan mulkka egalik huquqi orderlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat mulki qoʻmitasi boʻlinmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda tegishli organlarga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalaridagi ish tartibini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davriy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari bilan aloqani amalga oshiradi, matbuot, televideniye va radio orqali chiqishlar uchun materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boʻlim ishini tashkil etish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimga Vazirlar Mahkamasining tegishli majmui bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan mudir boshchilik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlim oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yoʻnalishlarni, vazifalarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudir oʻrinbosarlari, boʻlim xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, xodimlarning ularga topshirilgan ish uchastkasi uchun javobgarliklari darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha davlat va jamoat tashkilotlarida oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidagi qatʼiy nazar, savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari xodimlari bilan belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur koʻrsatma, topshiriq va tushuntirishlar beradi, ishni tashkil etish uchun hisobotni va boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa axborotni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq xoʻjaligining mutasaddilik qilinayotgan tarmoqlari ishiga aloqador masalalar koʻrib chiqilayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, doimiy komissiyalar yigʻilishlarida, shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi, hokimlar va ularning oʻrinbosarlari huzuridagi kengashlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlim ishini yaxshilash, boʻlim xodimlarining ish malakalarini oshirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimda kadrlarni tanlash va joylashtirish, xizmat vazifalarini bajarishda oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish, shuningdek, intizomiy jazolar qoʻllash masalalari boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mutaxassislari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq ish rejasiga binoan ishlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yigʻilishlarida va rahbariyat huzuridagi kengashlarda oʻz lavozim vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar muhokamasida qatnashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bajarilishini nazorat qiladilar, boʻlim rahbariyatining topshiriqlari bajarilishini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinayotgan tarmoqlar ishini chuqur oʻrganadilar va tahlil qiladilar, zarur hollarda ular oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilishda joylarga borib zarur yordam koʻrsatadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 4-son, 13-modda)