07.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2206-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 07.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2206-1
Date of entry into force
07.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2206-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 2-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 2206, 2011-yil 5-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 2-oktabrdagi 01/00-04/10-7603-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 8-fevraldagi 7-B-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2206, 2011-yil 5-mart) davlat reyestridan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 7-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
451-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2019-y., 10/19/2206-1/3870-son)