19.10.2017 yildagi 752-son
ONLINE TRANSLATE
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati hokimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatda toʻy-hasham, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini yanada ixchamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 2-avgustda oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, jamiyatimiz hayotining maʼnaviy-maʼrifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol gʻoyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga keng joriy etish maqsadida viloyatda oʻtkazilayotgan toʻy-hasham, marosim va unga doir turli oilaviy tadbirlar shuhratparastlikka berilib, urf-odatlarimizni mensimaslik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, isrofgarchilik va dabdababozlik bilan oʻtkazilishi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga putur yetkazayotganligi munosabati bilan keng jamoatchilikning viloyatimizda boʻlib oʻtayotgan toʻy-hashamlar, maʼraka va marosimlarni tartibga keltirish toʻgʻrisidagi iltimoslari hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi va Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6 va 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi va Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashining viloyatimizda boʻlib oʻtayotgan toʻy-hasham, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda tadbirlar deb ataladi) yanada ixchamlashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Viloyatda toʻy-hasham, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi tarkibi (keyingi oʻrinlarda viloyat komissiyasi deb yuritiladi) 1-ilovaga, toʻy-hasham, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish boʻyicha tavsiyalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Namangan shahar va tumanlar hokimlari raisligida tegishli qarorlar bilan toʻy-hasham, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha bir hafta muddatda hududiy komissiyalarni tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur komissiyalar tarkibiga tuman(shahar)dagi obroʻ-eʼtiborga, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan mehnat faxriylari, keksa nuroniylar, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, shuningdek mahalla faollarini kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari hamda keng jamoatchilikning taklif va istaklaridan kelib chiqib, viloyatimizda har qanday toʻy va marosimlar bir kunda oʻtkazilishi qatʼiy belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan shahrida boʻlib oʻtadigan toʻy bazmlarining tugash vaqti tungi vaqt boshlangunga (soat 22:00) qadar, tumanlarda esa soat 21:00 ga qadar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va tumanlardagi restoran, kafe va toʻyxonalarda marosimlarni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortib ketmasligi taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻy va marosimlarda jamoat tartibini saqlash va tadbirlarni yakunlashning belgilangan vaqtidan choʻzilib ketishini oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari va viloyat komissiyasi tomonidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda jamoatchilik vakillarining kelin-kuyov va ularning yaqinlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) boʻlimlariga tashrifi jarayonida hamda shahar va tumanlardagi diqqatga sazovor va koʻngilochar joylarga sayr qilishda avtoulovlarning soni yollanganlari bilan birga 4 tadan ortib ketmasligi, shuningdek avtoulovlarni markaziy yoʻl va aylanma yoʻl kesishmalarida harakatlanayotgan vaqtida yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqmaslik, tirbandlikni hosil qilmaslik, boshqa avtoulovlarning harakatlanishiga halaqit bermaslik kabi yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etishlari haqidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (A. Toshpoʻlatov), viloyat teleradiokompaniyasi (M. Maqsudov), “Namangan haqiqati” (M. Parpiyev), “Namanganskaya pravda” (V. Bichurin):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati havfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda reydlar oʻtkazish, toʻy va boshqa marosimlarda yollangan yengil avtotransport vositalarining tartibsiz harakatlanishlarini bartaraf etish, shuningdek, toʻy-hasham munosabati bilan xiyobonlarda suratga va videoga olish jarayonida jamoat tartibiga rioya etilishi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda qatʼiy choralarni koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A. Teshabayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
restoran, kafe va toʻyxonada toʻy-hasham va turli marosimlarni oʻtkazishda plastik kartochkalar, pul oʻtkazish yoʻli va bank krediti orqali oʻtkaziladigan toʻlovlarni qabul qilishda hech qanday cheklovlarsiz, narxlarni bir xil miqdorda, sunʼiy oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻy va boshqa marosimlarda xizmat koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport xizmatlari koʻrsatilishining qonuniyligini nazoratga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (R. Hamroqulov) restoran, kafe va toʻyxonalarda oʻtkazilayotgan toʻy, maʼraka va oilaviy marosimlarda meva-sabzavot, oziq-ovqat va ichimliklar, taomlar sifati boʻyicha hamda oshpazlar va xizmatchilarning tibbiy kshrikdan oʻtganligi yuzasidan tegishli nazorat oʻrnatsin.