Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
11.10.2018
04.01.2005
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining ““Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2018-yil 9-iyuldagi OʻRQ-483-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (bundan buyon matnda Palata deb yuritiladi) tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” nomidan faqat ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq tarzda foydalanilishi mumkin. Boshqa tashkilotlar oʻz nomlarida “savdo-sanoat palatasi”, “savdo palatasi”, “sanoat palatasi” degan soʻz birikmalaridan hamda ular asosida tuzilgan soʻz birikmalaridan foydalanishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Palata toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining Palata toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Palataning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik muhitini takomillashtirish, Palata aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Palataning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda, eksport mahsulotini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulot chiqarishni taʼminlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo etish hamda mavjud ishlab chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻrichet el investitsiyalarini jalb etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan axborot taʼminoti va maslahat yordami berish, Oʻzbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari haqidagi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va investitsiyaviy imkoniyatlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek potensial sheriklarga va zamonaviy texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi biznes-kataloglar eʼlon qilinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum eʼtirof etilgan normalarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu jumladan davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar taʼlimi va ularni tayyorlash tizimi rivojlantirilishini, tadbirkorlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Palata bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari Palataga u oʻz vazifalarini bajarishida koʻmaklashadilar hamda Palataning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining Palata faoliyatiga hamda Palataning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Palatani tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Palatani tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata muassislarning tashabbusiga koʻra ixtiyoriy birlashish prinsipi asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata muassislari Palataning taʼsis konferensiyasini chaqiradilar, unda Palataning ustavi qabul qilinadi hamda boshqaruv va nazorat organlari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Palata tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda yagona tizimni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Palataning hududiy boshqarmalari va ularning filiallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishincha Palataning bitta hududiy boshqarmasi tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning hududiy boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi va Palata tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning hududiy boshqarmalari, zaruratga qarab, yuridik shaxs boʻlmagan tuman va shahar filiallarini tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Palataga aʼzolik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati subyektlari, ularning birlashmalari, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan boshqa tashkilotlar Palata aʼzosi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzolari teng huquq va majburiyatlarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataga aʼzolik tadbirkorlik faoliyati subyekti yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan boshqa tashkilot bilan Palata oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Palataning ustavi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning ustavida quyidagilar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning maqsad va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning hududiy boshqarmalarini, shuningdek ularning tuman va shahar filiallarini tuzish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartibi hamda ularning vakolatlari doirasi, muddati va qarorlar qabul qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzoligiga qabul qilish hamda aʼzolikdan chiqish shartlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shakllantirish manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning ustaviga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palatani qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Palatani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palatani davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning hududiy boshqarmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek ularning tuman va shahar filiallarini qayd etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning ustaviga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Palata qanday tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, shunday tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Palataning boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning boshqaruv organlari quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata qurultoyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata markaziy kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata ijroiya qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata boshqaruvining oliy organi uch yilda kamida bir marta chaqiriladigan Palata qurultoyidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurultoylar oraligʻidagi davrda Palata faoliyatiga rahbarlikni Palata markaziy kengashi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata faoliyatiga joriy rahbarlikni Palata ijroiya qoʻmitasi amalga oshiradi va u Palata qurultoyi hamda markaziy kengashiga hisobdordir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Palata faoliyatining asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Palataning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida va chet davlatlarda tashkilotlar tuzish, oʻz vakolatxonalarini ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashda, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari hamda tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida va uning hududidan tashqarida koʻrgazmalar hamda yarmarkalar tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga huquqiy va boshqa xil yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazetalar, jurnallar va boshqa bosma materiallar nashr etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini taʼminlash uchun noshirlik va reklama xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va chet el tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq sohada Palata aʼzolarining manfaatlarini ifoda etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati masalalariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik sudlarini, shu jumladan xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik sheriklar murojaat etgan hollarda tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzosi boʻlmish tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga chet el va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy hamda texnik yordamini jalb etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boji toʻlamasdan sudga Palata aʼzolari manfaatlarini koʻzlab daʼvo taqdim etish, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Palataning mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar hamda oʻz ustavida belgilangan vazifalarni bajarishi uchun zarur boshqa mol-mulk Palataning mulki boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning mulki Qonun bilan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Palataning mol-mulkini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palataning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzolarining kirish va aʼzolik badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata tadbirkorlik faoliyatidan oladigan va faqat oʻz ustavida belgilangan vazifalarini bajarish uchun foydalanadigan daromadlar (foyda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata tomonidan tashkil etilgan tashkilotlardan ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlar va homiylardan keladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Palata aʼzolarining kirish va aʼzolik badallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata aʼzolari Palata ustavida belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda kirish va aʼzolik badallari toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Palataning xalqaro aloqalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq Palata xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, toʻgʻridan toʻgʻrixalqaro muloqotlar va aloqalar olib borishi, hamkorlik toʻgʻrisida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palatani tashkil etish va uning faoliyat yuritishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Palata va uning aʼzolari majburiyatlari boʻyicha javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli barcha mol-mulk bilan javob beradi. Palata oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Palata aʼzolari Palataning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Palata toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palata toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 3-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
712-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 3-modda)