Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGIDAGI MUXTOR VAKOLATXONASINI TUZISH TOʻFRISIDA
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari Kengashlarini tashkiliy-texnikaviy jihatdan tayyorlash va oʻtkazish uchun Ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisida erishilgan ahdlashuvga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Minsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi muxtor vakolatxonasi (muxtor vakilligi) ochilsin.
2. Muxtor vakillik ikki kishidan iborat etib belgilansin.
3. Muxtor vakillik faoliyatini taʼminlashga ahdlashuvda belgilangan respublika badali hissasi toʻlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi vakili oʻrtoq A. Mahmudovga respublika rahbariyati topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni imzolash vakolati berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-mart,
154-son