Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998 15.01.1997 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.01.1997 yildagi 28-son
Date of entry into force
15.01.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1996-YIL 1 OKTYABRDAGI 342-SON QARORINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import kontraktlari boʻyicha mablagʻlarni konvertatsiya qilishni tartibga solish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarorini qisman oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 1-fevraldan boshlab isteʼmol tovarlari olib kelishga tuzilgan import kontraktlari, ular tuzilgan sanadan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakolatli banklarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli banklar Markaziy bank tomonidan isteʼmol tovarlarini import qiluvchilarga berilgan litsenziyalar egalariga soʻmlardagi mablagʻlarni roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari taqdim etilgan taqdirdagina erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi 1997-yil 1-fevraldan boshlab import isteʼmol tovarlarini bojxonada rasmiylashtirishni faqat roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari boʻyicha amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vakolatli banklar ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni olib kelishga va xizmatlar importiga oid import kontraktlari boʻyicha soʻmlardagi mablagʻlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishga berilgan buyurtmanomalarni, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur qaror mazmunini barcha manfaatdor tashkilotlar va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarori 2-bandining isteʼmol tovarlari keltirishga doir import kontraktlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 15-yanvar,

28-son