Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994 09.03.1992 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.03.1992 yildagi 115-son
Date of entry into force
09.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO BOʻYIChA DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASI (“OʻZShARTNOMASAVDO”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-martdagi 136-sonli “Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik (“Oʻzshartnomasavdo”) uyushmasi toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga muvofiq va respublikani moddiy-texnika jihatidan taʼminlashni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, toʻgʻridan toʻgʻrixoʻjalik aloqalarini amalga oshirishda shartnoma munosabatlarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartnomalar va sheriklarni erkin tanlash asosida mahsulot yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrioʻzaro foydali xoʻjalik aloqalarini rivojlantirish bozor munosabatlariga oʻtish davrida respublika xalq xoʻjaligini moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning yetakchi shakli deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tugatilgan Moddiy-texnika taʼminoti boʻyicha davlat-kooperativ qoʻmitasining, uning tasarrufidagi respublika birlashmalari va hududiy boshqarmalarining huquqiy vorisidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz faoliyatini Uyushma Ustavi va Taʼsis shartnomasiga muvofiq, davlat, jamoa, aksionerlik, ijara, kooperativ, xususiy va boshqa korxonalar, yakka tartibda ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning yakka tartibdagi va paychi jamoa aʼzoligi prinsiplari asosida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida moliya-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil ravishda hal etadi, uyushma Kengashining qaroriga muvofiq markazlashgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, oʻz tasarrufidagi davlat korxonalari va tashkilotlarini belgilangan tartibda barpo etadi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, mehnat jamoalarining qarorlarini hisobga olgan holda ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ixtiyoriy ravishda davlat, kooperativ va aralash uyushmalar, konsernlar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik subyektlari bilan birlashishi, oʻzining toʻla iqtisodiy mustaqilligi va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan, chet el investitsiyalarini jalb etgan holda qoʻshma korxonalar barpo etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish” “Oʻzshartnomasavdo” ixtiyoriga quyidagi boshqarmalarni oʻtkazsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqimachilik mahsuloti bilan taʼminlash va ularni sotish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil sanoat xomashyosi va mahsuloti boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komplektlovchi buyumlar, yordamchi materiallar va furnituralar boshqarmasi, shuningdek, Toshkent shahar, Qoʻshbegi koʻchasidagi va Toshkent viloyatining Oʻrtaovul posyolkasidagi oʻziga qarashli xoʻjalik hisobidagi ulgurji savdo korxonalarini oʻz zimmasiga yuklatilgan funksiyalar, xodimlar soni, asosiy va aylanma jamgʻarmalari, transport vositalari bilan birga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzshartnomasavdo”ni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasini, mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi va tizimini, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma boshqaruvining Raisi va uning oʻrinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. “Oʻzshartnomasavdo”ga 224 nafardan iborat (xizmat koʻrsatuvchilardan tashqari) apparatga, Raisning 7 oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushma boshqaruvining Raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga, Raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlar esa vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzshartnomasavdo”ga zimmasiga yuklatilgan funksiyalarga koʻra quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoyalash uchun eng muhim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Hukumati tomonidan cheklashlar joriy qilingan mahsulotlarni respublikadan tashqariga chiqarishga litsenziyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, erkin almashtiriladigan valyutada bitishuvlar tuzish, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlarda filiallar va vakolatxonalar ochish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi savdo vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” konserni, Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, “Oʻzboshyengilsanoatsotish”, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, “Oʻzkoopikkilamchimetall” kooperativ-ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa ixtisoslashgan taʼminot tashkilotlari “Oʻzshartnomasavdo” tomonidan hukumatlararo bitimlar (shartnomalar), shuningdek, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish uchun respublika ishlab chiqaruvchilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq berilgan kvotalar asosida birkitilgan nomenklatura boʻyicha mahsulotlarni xarid qilish va yetkazib berishga bosh shartnomalar tuzishni mustaqil ravishda taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida uyushma Ustavini, oʻzaro tovarlar yetkazib berishni kafolatlaydigan, shuningdek, hukumatlararo bitimlarda belgilanadigan nomenklatura boʻyicha mahsulotni respublikadan tashqariga chiqarish va olib kelishni tartibga soluvchi meʼyoriy aktlar loyihalarini tayyorlab Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻziga qarashli moddiy-texnika taʼminoti boʻyicha respublika va viloyat boʻlinmalarini shartnomalar va tijorat-vositachilik xizmatlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan va hududiy-aksionerlik firmalariga aylantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda ishlab chiqarishning eng muhim mahsulot turlari bilan taʼminlanishini koʻrib chiqsin hamda eksport imkoniyatlarini hisobga olib, xomashyo, materiallar va asbob-uskunalarni chet ellardan xarid qilish hisobiga yetishmayotgan resurslar bilan yanada toʻlaroq qondirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavrezerv”, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vazirligi, Savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini toʻplash, brondan chiqarish, yangilash, qaytarish va almashtirish topshiriqlari loyihalarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Hukumatining tasdigʻiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda shartnomalar va kontraktlar tuzishning ahvoli, ishlab chiqarish-texnikaviy yoʻnalishdagi mahsulot va hukumatlararo bitimlar boʻyicha tovarlar yetkazib berishning bajarilishi haqida dastlabki statistik hisobot shakllarini ishlab chiqsin, vaqti-vaqti bilan hisobot berib turishni belgilasin va ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, konsernlari, uyushmalari, birlashmalari va korxonalari quyidagilarni taʼminlasinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo” kvotalari boʻyicha ajratilgan moddiy zaxiralarni davlat ehtiyojlari va respublika aholisini ijtimoiy himoya qilish uchun, mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish uchun maqsadli yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan oʻz vaqtida shartnomalar tuzish, hukumatlararo bitimlarga muvofiq va ajratilgan kvotalar boʻyicha respublika isteʼmolchilariga majburiyatlar boʻyicha mahsulot yetkazib berishni albatta bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlarda va tasdiqlangan forma boʻyicha statistika organlariga mahsulot yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar va ularning bajarilishi haqida axborot bersin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi olingan maʼlumotlarni vazirliklar, tarmoqlar va hududlar boʻyicha umumlashtirib, yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi va “Oʻzshartnomasavdo”ni xabardor qilib tursin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJning moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 18-apreldagi 104-son qarori hamda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzyengilsanoattaʼminotsotish”ni tuzish toʻgʻrisida” 1990-yil 11-iyundagi 227-son qarorining tegishli qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining resurslar, moddiy-texnika taʼminoti va shartnomalar Kompleksiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115-son