Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016 20.03.1996 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.03.1996 yildagi 112-son
Date of entry into force
20.03.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OBʼEKTLARIDA, ShAHARLARIDA, ShAHAR KOʻRINIShIDAGI ShAHARChALARIDA, TUMANLARNING MARKAZLARIDA VA AHOLI YaShAYDIGAN BOShQA JOYLARDA IChKI IShLAR VAZIRLIGINING YoNGʻIN SOQChILIGINI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 200-sonli “Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidagi aholi yashash joylarini, obyektlarni yongʻinga qarshi ishonchli himoya qilishni taʼminlash, shuningdek, yongʻin soqchiligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi alohida davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yoki yongʻin chiqish va portlash xavfi koʻproq boʻlgan obyektlarda, shuningdek, aholisi 50 ming va undan ziyod boʻlgan shaharlar (roʻyxati ilova* qilinmoqda)da tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova keltirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkil etilayotgan harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligining xodimlari soni va tuzilmasi tasdiqlangan xodimlar soni va ularni saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
(1-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining professional yongʻin soqchiligi qolgan obyektlarda, shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tumanlarning markazlarida va aholi yashaydigan boshqa joylarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional soqchilik tashkil etilishi lozim boʻlgan shaharlar, shahar koʻrinishidagi shaharchalar, tumanlarning markazlari hamda aholi yashash joylari roʻyxati va ushbu soqchilik xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi (yiliga bir marta 1-sentabrda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xalq xoʻjaligi obyektlarini yongʻindan saqlash (Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi obyektlari bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlarining Ichki ishlar vazirligi organlari bilan tuziladigan shartnomalariga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiylashtirilgan yoki professional yongʻin soqchiligi tashkil etilishi zarur boʻlgan xalq xoʻjaligi obyektlari roʻyxati va ushbu soqchilik xodimlari soni amaldagi normalar va qoidalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
(1-band “v” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 118-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Ichki ishlar vazirligining yongʻin soqchiligini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarni muhofaza qiluvchi harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga;
(1-band “g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarni, shahar koʻrinishidagi shaharchalarni, tumanlar markazlarini muhofaza qiluvchi professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga;
(1-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalarining va boshqa obyektlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi harbiylashtirilgan va professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — tegishli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan tuziladigan shartnomalarga koʻra olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻt oʻchiruvchilar deposi qurilishi shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tumanlarning markazlarida va aholi yashash joylarida shaharlar hamda tumanlar hokimliklarining ijroiya apparatlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, kapital qoʻyilmalar rejasi boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va oldini olish chora-tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan davlat sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlardan ushlab qolinadigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek, ulush asosida obyektlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga, sanoat va boshqa obyektlarda esa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ajratiladigan oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻt oʻchiruvchilar deposi binolaridan foydalanish va ularni jihozlash, oʻt oʻchirish, hisoblash va koʻpaytirish texnikalari, avtotransport, yonilgʻi-moylash materiallari, maxsus kiyim-bosh, aloqa vositalari, diagnostika apparatlari, jihozlar va yongʻindan saqlash boʻlinmalari uchun yongʻin-texnika asboblari sotib olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda tashkil etiladigan harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga;
(1-bandning “e” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tuman markazlarida va aholi yashash joylarida tashkil etiladigan professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi vositalari va avtomat signallari boʻlgan xalq xoʻjaligi obyektlarida tashkil etiladigan harbiylashtirilgan va professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yongʻin soqchiligi boshqarmalari va boʻlimlari shtatiga — harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin soqchiligi boshqarmalari va boʻlimlari shtatiga, shuningdek, davlat yongʻin nazorati boʻlimlari (boʻlinmalari, inspeksiyalari) shtatiga — professional yongʻin soqchiligiga rahbarlik qiluvchi qoʻshimcha xodimlar lavozimlarini joriy etish tegishli ravishda harbiylashtirilgan professional yongʻin soqchiligi xodimlari soni va ish haqi fondi hisobiga amalga oshiriladi, lekin u soqchilikning har bir turi xodimlari umumiy sonining 4 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligiga mazkur qarordan kelib chiqadigan xarajatlar uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻt oʻchirish deposi binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish, xalq xoʻjaligi obyektlarini va aholi yashash joylarini yongʻin texnikasi, yongʻin-texnika jihozlari, yongʻinga qarshi himoya qurilmalari bilan taʼminlash va ularni soz holda saqlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalari talablarini bajarmaganlik va ularni buzganlik uchun rahbarlarni hamda mansabdor shaxslarni qattiq intizomiy javobgarlikka tortsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1966-yil 27-iyuldagi 384-son va 1977-yil 11-avgustdagi 525-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112-son