18.03.1996 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 18.03.1996 yildagi 103-son
Date of entry into force
18.03.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEHNATGA HAQ TOʻLASHNING YAGONA TARIF SETKASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini oshirish, mehnatga haq toʻlashning mehnatning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga bogʻliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻshimcha haq va ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek xodimlar ish haqiga qoʻshiladigan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini qoʻllash barcha budjet tashkilotlari uchun majburiydir.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning tarif-malaka razryadlarini mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi asosida belgilash oʻz moliyaviy faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiruvchi barcha davlat va davlat-aksionerlik korxonalari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga xodimlarning tarif-malaka razryadlarini Yagona tarif setkasi asosida belgilash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yagona tarif setkasini qoʻllash majburiy boʻlgan tashkilotlar tomonidan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorida oʻz aksini topmagan kasblar (lavozimlar)ni Yagona tarif setkasining tegishli kasblar (lavozimlar) razryadlariga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarining Yagona tarif setkasiga muvofiqligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589, 590-son va 1995-yil 23-fevraldagi 65-son qarorlari 1996-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 18-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-iyuldagi 262-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)