25.09.2018 yildagi PF-5545-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 25.09.2018 yildagi PF-5545-son
Date of entry into force
26.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida hamda Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) etib qayta tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma Xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, taʼlim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining kadrlar boʻyicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin boʻlgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar boʻyicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (maʼlumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini toʻplash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, toʻplangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaxassislarni oʻqishini monitoring qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga koʻmaklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga va mansab pillapoyalarida koʻtarilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizdagi hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatanadoshlarimizning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularni hamkorlik va rivojlanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma direktoriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tuzilmasiga, zarur hollarda, xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarishga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning malakali ishchi va mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xorijda taʼlim olish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etishda Jamgʻarmaga har tomonlama uslubiy yordam koʻrsatsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Jamgʻarma orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olgan stipendiatlarning taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini, shu jumladan fan doktori ilmiy darajasini, maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyadan oʻtkazishni (ekvivalentligini belgilashni) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Jamgʻarma stipendiatlarini xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqitishni tashkil etish, xorijiy olim va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarimizni respublikada mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish, shuningdek, Jamgʻarma taʼlim dasturlarining samaradorligini taʼminlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash uchun koʻzda tutilgan hajmning 10 foizigacha miqdorida Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yildan boshlab — keyinchalik Jamgʻarmaning xorijiy olim va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarimizni jalb qilish bilan bogʻliq taʼlim dasturlari, tadbirlari, shuningdek, Jamgʻarma taʼlim dasturlari samaradorligini taʼminlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan real ehtiyoji prognozini hisobga olgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan 45 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Jamgʻarmaning joriy taʼminoti, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda respublika oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari (toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan) mablagʻlaridan ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma 2022-yil 1-yanvarga qadar soliq toʻlovlaridan ozod qilinsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarmaga toʻrtta yengil avtotransport vositasi, shu jumladan uchta shaxsiy va bitta navbatchi avtomobil saqlash uchun limit ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzavtosanoat” AJ va Jamgʻarmaning Jamgʻarmani “Oʻzavtosanoat” AJning Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 13-uy (3-qavat) manzilida joylashgan binosida begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171-uy manzilida joylashgan Xorijda stipendiantlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasining boʻshayotgan bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek, berilayotgan bino va inshootlarni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun Turizmi rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash budjetdan tashqari jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Jamgʻarmaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stipendiatlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qoʻyilishida, notarial va boshqa xizmatlar koʻrsatilishida, borgan davlatida stipendiatlarning oʻqishini monitoring qilishda;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet eldan ishga taklif etilayotgan xorijiy mutaxassislarning viza olishida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi vatandoshlarning tashkilotlari, xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan oʻzbek madaniy markazlari va jamiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplashda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmani kerakli aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan, uning internet jahon axborot tarmogʻiga keng polosali kirish bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vatandoshlarning elektron reyestri (maʼlumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda videokonferensiyalar, internet-forumlar va telekoʻpriklar oʻtkazishda zarur texnik yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligi Jamgʻarma faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma ikki hafta muddatda xorijdagi vatandoshlar bilan ishlashni tashkil etish hamda xorijiy mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish tartibini ishlab chiqsin va Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvoxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 25-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5545-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 06/18/5545/1968-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)