24.08.2018 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.08.2018 yildagi 24-son
Date of entry into force
24.08.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi va tergov-sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shaxs uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar aybsiz hisoblanishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish zarurligiga qaratilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sud tomonidan har bir jinoyat ishini yuritishda jinoyat-protsessual qonuni normalariga qatʼiy amal qilish shartligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 11-moddasida belgilangan talablarga, shu jumladan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda, ogʻishmay rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga koʻra yuz berganligidan qatʼiy nazar, shu yoʻl bilan olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega boʻlmay, ulardan JPK 82 — 84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qoʻyish mumkin emas.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal etish muhim oʻrin tutadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalil tegishli subyekt, yaʼni dalilni olish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatni oʻtkazishga vakolatli shaxs tomonidan olingan boʻlishi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faktga oid maʼlumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalil uni olish bilan bogʻliq protsessual harakatni oʻtkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab oʻtilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. JPK 951-moddasiga koʻra, agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan, shu jumladan quyidagi hollarda olingan boʻlsa maqbul emas deb topiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan holda olingan dalil deganda — JPK 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan va Qonunning boshqa talablari buzilgan holda olingan har qanday faktik maʼlumotlar tushuniladi.
(31-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. JK 235-moddasi va 1984-yil 10-dekabrdagi “Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya”ning 1-moddasiga koʻra, qiynoqlar hamda boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo deganda, mansabdor shaxs yoki boshqa rasmiy shaxs tomonidan yoxud rasmiy yoki boshqa shaxs dalolatchiligi yoki xabardorligi yoxud indamasdan bergan roziligi bilan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilib, uning natijasida qasddan shaxsga quyidagi maqsadlarda kuchli ogʻriq, jismoniy, ruhiy yoki psixologik azob yetkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undan yoki uchinchi shaxsdan axborot yoki u sodir etgan yoxud sodir etilishida u gumon qilinayotgan harakat boʻyicha iqrorlik olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uni yoki uchinchi shaxsni qoʻrqitish yoki u yoki bu harakatni sodir etishga majburlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan holda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud arz qiluvchining vajlarini xizmat tekshiruvi va sud-tibbiy yoki boshqa ekspertiza tayinlash yoʻli bilan tekshirishi shart.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) deganda, isbotlashni amalga oshirayotgan yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi materiallari boʻyicha hujjatlarga yoxud ashyolar va raqamli dalillarga bila turib yolgʻon maʼlumotlarni kiritishda va boshqacha tarzda buzib koʻrsatishda namoyon boʻlgan harakatlar tushunilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, jumladan quyidagi hollarda buzilgan hisoblanadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual harakatda qonunga koʻra himoyachi ishtiroki shart boʻlib, dalil surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan uning ishtirokisiz olingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga uning himoyaga boʻlgan huquqi tushuntirilmagan yoki bu huquqdan foydalanish imkoniyati amalda taʼminlanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari buzilishi masalasiga oid batafsil tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarorida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakat bunga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan quyidagi hollarda dalil olishda namoyon boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma topshirigʻisiz yoxud sudning ajrimisiz tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan (kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni belgilangan tartibda oʻz yurituviga qabul qilmagan yoki tergov (surishtiruvchilar) guruhiga kiritilmagan tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi lozim boʻlgan shaxs tomonidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dalil, agar u nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan, jumladan, qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbiri davomida olingan dalillar maqbul emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Dalil u JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan, quyidagi hollarda olingan boʻlsa ham maqbul emas deb topiladi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tergov harakati qonunda nazarda tutilgan hollarda prokuror yoki sudning roziligi olinmasdan oʻtkazilgan boʻlsa (kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda JPK 1581-moddasi tartibida oʻtkazilgan tintuvni hamda JPK 169-moddasi tartibida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar JPKning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tergov harakatida xolis sifatida ish boʻyicha manfaatdor shaxs, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi boshqa shaxslar hamda voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan boʻlsa;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ekspert xulosasi ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart boʻlgan holda olingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda oʻz roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan soʻroq qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv va dastlabki tergov davrida guvoh sifatida soʻroq qilinganda bergan koʻrsatuvlari sud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) jabrlanuvchi, guvohning faraz, taxmin, mish-mishlarga asoslangan koʻrsatuvlari, shuningdek, jabrlanuvchi, guvoh oʻzining xabardorligi manbasini aytib bera olmagan yoki aytishni xohlamagan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) soʻroq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan, shuningdek, kar yoki soqovligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassisning koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz, soqov, kar, koʻr, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) hamda himoyachi ishtirokisiz olingan boʻlsa;
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh koʻrsatuvlari qonuniy vakilining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi koʻrsatuvlari himoyachi va qonuniy vakilining (JPK 549-550-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan boʻlsa (JPK 554-moddasi);
(9-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslarning koʻrsatuvlari (JPK 115-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan boʻlsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga oid maʼlumotlar yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergov harakatlari boshlangan hamda tugallangan vaqtning koʻrsatilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi elektron maʼlumotlar mutaxassis ishtirokisiz olib qoʻyilganligi yoki koʻzdan kechirilganligi;
(9-band “k” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 90 — 93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa, jumladan oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish tarzidagi, tintuv, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shartligi toʻgʻrisidagi talablar bajarilmaganligi;
(9-bandning “k” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) daxlsizlik huquqi buzilgan holda ushlab turilgan, uy qamogʻi yoki qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsdan iqrorlik koʻrsatuvi olingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda toʻplangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) maxsus qabulxonalar, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslardan qonunga xilof usullarda olingan boʻlsa;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish (taftish qilish) JPK 1871-moddasi talablari buzilgan holda oʻtkazilgan boʻlsa.
(9-bandning “o” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tushuntirilsinki, jinoyat toʻgʻrisidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar, ish qoʻzgʻatilgandan keyin soʻroq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan soʻng chiqariladigan, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlarni ishga ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida qoʻshish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning mavjudligi hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron maʼlumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. JPK 26-moddasiga muvofiq jinoyat ishini mazmunan koʻrib chiqayotgan sud dalillarni bevosita tekshirishi: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishi, faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqarishi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shundan kelib chiqib, guvoh, jabrlanuvchining, agar ularning sudga kelmaganligi sabablari aniqlanmagan yoki ular sudga uzrsiz sababga koʻra kelmagan boʻlsa, sudda oʻqib eshittirilgan koʻrsatuvlari maqbul dalil sifatida foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, basharti sud ularni sudga kelishini taʼminlash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrmagan, manfaatdor taraf esa, ularning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishiga eʼtiroz bildirgan boʻlsa (JPK 261, 262-moddalari). Mazkur qoida guvoh, jabrlanuvchini obyektiv sabablarga koʻra (masalan, vafot etganligi, bedarak yoʻqolganligi, sud majlisida soʻroq qilishga toʻsqinlik qiluvchi ogʻir kasallik, turar joyini aniqlash imkoni yoʻqligi, mamlakat hududidan chetga doimiy yashash uchun, uzoq yoki nomuayyan muddatga chiqib ketganligi, koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilganligi va h.k.) sudga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan hollarga tatbiq etilmaydi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻplash paytida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi sababli maqbul emas deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda oʻtkazilgandan soʻng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati oʻtkazish bayonnomalarida ayrim maʼlumotlar yoki bandlarning yoʻqligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, surishtiruvchi yoki tergovchini soʻroq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati boʻlsa va h.k.).
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, maqbul emas deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga koʻra, tiklashning imkoniyati yoʻq (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart boʻlgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmasdan takroran soʻroq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran koʻrsatish va h.k.) boʻlib, bu isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, ish boʻyicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi va hukmda maqbul emas dalillarga asoslanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qoʻshimcha dalillar toʻplash imkoniyati boʻlmasa, sud protsessual qonun talablariga rioya etilgan holda toʻplangan dalillar majmuiga asoslanib ish boʻyicha qatʼiy qaror qabul qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan maqbul emas deb topilishi shart.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma davlat va jamoat ayblovchilari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, jamoat himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida, dastlabki eshituv va sud majlisida arz qilinishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchi, tergovchining dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan arizachi mazkur qaror bilan tanishtirilgan paytdan eʼtiboran ikki sutka ichida prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 377-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilishining rad etilishi bunday iltimosnomani takroran, shu jumladan ish sud majlisida koʻrilayotganda arz qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda qayd etilgan dalillar maqbulligi shartlaridan birortasiga rioya etmaslik mazkur dalilni maqbul emas, yaʼni uning asosida protsessual qarorlar qabul qilish uchun yuridik kuchga ega emas deb topishga asos boʻladi (JPK 94, 95-moddalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda dalillarga baho berish jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga tegishli boʻlganligi sababli, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari (jamoat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va h.k.) faqat mazkur organlarning dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)lari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yoʻli bilan eʼtiroz bildirishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qonun buzilishi natijasida olingan dalilni maqbul emas deb topishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror ishni sudga qadar yuritish bosqichida (JPK 46-bobi), birinchi instansiya sudi esa, dastlabki eshituv yoki sud tergovi davomida bunday qaror sabablarini koʻrsatgan holda, uni dalillar majmuidan chiqarish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqarishi shart. Dalilning maqbulligiga oid masala maslahatxonasida (alohida xonada) kelib chiqqan taqdirda, sud dalilni maqbul emas deb topib, uni dalillar majmuidan chiqarish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda ajrim, hukmning tavsif qismida koʻrsatadi. Bunday holatda qoʻshimcha ravishda ajrim chiqarish talab etilmaydi. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning hukmi, ajrimi (qarori)ni asoslantirish qismida bayon etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlar har bir jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son