30.08.2018 yildagi 702-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.08.2018 yildagi 702-son
Date of entry into force
05.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reklama bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, shuningdek, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasida ochiq elektron auksionlar orqali beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-auksion” elektron savdo platformasida ochiq elektron auksionlar orqali berilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida, shuningdek, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqi uchun shartnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki ular vakolat bergan tashkilot tomonidan tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy reklama maʼlumotini joylashtirishning eng kam muddati har bir tashqi reklama obyekti boʻyicha hisoblab chiqiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son — 2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tumanlar (shaharlar)da joylashgan davlat hokimiyati organlari binolari, madaniy-tarixiy va diniy obyektlarda reklamadan xoli hududlarni aniqlashda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻmaklashadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalariga tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqi 10 yilgacha, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarga 5 yilgacha beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlari reklama joyining pasporti berilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida oʻrnatilmagan taqdirda, reklama joyining pasporti bekor qilinadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, oldindan ogohlantirishni taʼminlash, profilaktika samaradorligini oshirish va qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozori subyektlari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasidan shartnomaga asosan koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan reklama maʼlumotlarning gʻoyalari, mavzulari va eskizlari boʻyicha ixtiyoriy ravishda xulosalar olish huquqiga ega.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) noqonuniy joylashtirganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklamani joylashtirishda reklama beruvchining xohishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidan va boshqa tillardan foydalanish talablarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy reklamaning minimal hajmini tashqi reklamani joylashtirishning umumiy bir yil vaqtidan 20 foizigacha oshirishni nazarda tutuvchi meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasida koʻrsatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilish joylariga kiritilishini shuningdek, binolarni qurish (taʼmirlash) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) shaharsozlik norma va qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli xulosalar berilishini taʼminlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini), shu jumladan binolarning tashqi qurilmalari va fasadlarini qurish, ijtimoiy-jamoatchilik faolligi, tarixiy-madaniy qadriyatlarga qarab aniqlanadigan shaharlarning va shahar zonalarining kategoriyasini hisobga olgan holda ruxsat etiladigan toifa va koʻrinish, dizaynerlik yechimlari va reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar roʻyxatini, ularning soni, hajmi va shaharlar yoki shahar zonalari kategoriyasiga muvofiq holda shakllantirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tashqi reklama” tushunchasini aniqlashtirgan holda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini elektron auksionlar orqali sotish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish toʻlovlari miqdorini aniqlash, shu jumladan ijtimoiy yoki tijorat reklama maʼlumotlarini mavjudligidan qatʼi nazar, shuningdek, tashqi reklamani joylashtirish uchun yigʻimlarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini belgilash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining texnik reglamenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan maydonda ruxsat etiladigan reklama konstruksiyalari miqdordan kelib chiqib hisoblanadigan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)ni oʻrnatish normativlari tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
702-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 09/18/702/1826-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 04.09.2023-y., 09/23/428/0675-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)