06.04.2018 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.04.2018 yildagi 276-son
Date of entry into force
09.04.2018
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosini qurilishini, shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi va innovatsion bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan dasturlar va tadbirlarni sifatli ishlab chiqish uchun zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati samarali faoliyat yuritishini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Toshkent shahri hokimiyatining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining maʼmuriy binosini qurish va innovatsion parkni tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — obyektlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish uchun Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasida joylashgan 3,0 gektar maydondagi yer uchastkasini ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar obyektlar boʻyicha belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — Toshkent shahri hokimiyati huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyihalovchi tashkilot — MCHJ “Arhidea pro”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tashkilot — MCHJ “Qurilish Universal Kompakt Servis”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Istisno tariqasida quyidagilarga ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini 2019-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni jihozlash uchun zarur boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari hamda xoʻjalik inventarlarini tanlov savdolari (tenderlar) oʻtkazmasdan, xorijiy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida xarid qilish va ularni 2019-yil 1-iyunga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Obyektlarni qurish, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30,0 mlrd. soʻm — “Oʻzbekneftgaz” AJ maxsus hisobidan (2018-yilning II, III va IV choraklarida har biri 10,0 mlrd. soʻmdan teng ulushlarda) va ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishmayotgan qismi — Oʻzbekiston Respublikasining yillik davlat rivojlantirish dasturlarida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) moddiy-texnik bazani takomillashtirish va jihozlash — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) atrof-muhitni obodonlashtirish hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish — Toshkent shahri mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tashqi elektr, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarini qurish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash — tegishli ravishda “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat rivojlantirish dasturlari doirasida markazlashtirilgan manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahri hokimiyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda bosh loyihalovchi tashkilot bilan birgalikda obyektlarni qurish uchun yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda obyektlarni qurish, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini tortish bilan bogʻliq tashkiliy va texnik masalalarni hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilot bilan hamkorlikda obyektlarni 2019-yil 21-martga qadar foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tasdiqlangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazsin va obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifatini nazorat qilish maqsadida davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin (keyingi oʻrinlarda — Markaz).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz rezidentlariga xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsischi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va nodavlat tashkilotlarning begʻaraz texnik koʻmagi (grantlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-maʼrifiy markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 697-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-aprel,

276-son