Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025 11.03.1997 yildagi PF-1734-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.03.1997 yildagi PF-1734-son
Date of entry into force
11.03.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QISHLOQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID TUB CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va qishloqqa yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash, qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1997-yildan boshlab yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hamda qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun moliyalash hamda hisob-kitoblarning shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga va shartnoma majburiyatlari boʻyicha tavakkalchiliklarni sugʻurtalashga asoslangan prinsipial Yangi tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar oʻrtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar quyidagi asosiy shartnoma turlarini tuzish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchi tomonidan qishloq xoʻjalik mahsulotini xarid qilishga kontraksiya shartnomasi, shu jumladan fyuchers asosidagi shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlari xarid qilishga shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yonilgʻi-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral oʻgʻitlar xoʻjalik oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, qishloq xoʻjalik texnikasi xarid qilish uchun maqsadli kreditlar olishga shartnoma, shuningdek ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining huquqiy negizini taʼminlovchi boshqa turdagi shartnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari, Markaziy va tijorat banklari, Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birga ikki hafta muddatda mazkur shartnomalarning Namunaviy shakllarini puxta ishlab chiqib, tasdiqlasin va ularda tomonlarning oʻz zimmalariga qabul qilgan majburiyatlari boʻyicha mulkiy javobgarlik choralarini koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yilning 1-apreliga qadar muddat ichida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xoʻjalik mintaqalari boʻyicha ekin maydoni hamda yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari birligiga xodimlar soni va moddiy-xomashyo sarf-xarajatlari chegaralangan miqdorlarining normativlariga tanqidiy baho berib, toʻliq ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativlar tasdiqlangandan keyin ular xoʻjaliklarning biznes-rejalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit emissiyasining 1997-yilga moʻljallab belgilangan miqdorlari doirasida 1997-yil hosili uchun, shu jumladan 1996-yilda ushbu maqsadlarga ajratilgan kreditlarni qoplash hisobiga paxtakor va gʻallakor xoʻjaliklarga avans berish uchun “Paxtabank” va “Gʻallabank” ka qayta moliyalash kreditlarini ajratib berishni koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, “Oʻzdavneftmahsulot”, “Oʻzagrokimyotaʼminot” tashkilotlari hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar tuzilgan shartnomalar boʻyicha resurslar qiymatining 15 foizini oldindan toʻlangan taqdirda sarf-xarajatlarning belgilangan solishtirma normativlariga qatʼiy muvofiq ravishda shartnomalar tuzilishini va qishloq xoʻjalik korxonalariga moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini taʼminlasinlar. Hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qoʻllanish amalda joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Paxtabank”, “Gʻallabank”, “Mevasabzavotbank”:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklar bilan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning korxonalari, tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarning oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik bilan “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi oʻrtasida sugʻurta shartnomasi tuzilgan taqdirda toʻlashga qobiliyatli xoʻjaliklarga yonilgʻi-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik texnikasi hamda boshqa moddiy-texnika resurslarining haqini toʻlashga oʻzlarining kredit mablagʻlari hisobidan maqsadli kreditlarni ajratib bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xoʻjalik pasportining Namunaviy shakllariga va qarz oluvchiga nisbatan talablarga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xoʻjalik mulkini garovga qoʻyish shartnomasi tuzilgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning maqsadli kreditlarini qoplash va xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga avans tariqasida beriladigan mablagʻlarning qaytarilishi uchun qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqaruvchilarning javobgarligi sugʻurta qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditli shartnomaning har bir loyihasi boʻyicha bankka ekspert xulosasini bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasini, Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazini, “Oʻzistiqbolstat”, davlat qoʻmitasini, Moliya vazirligini, tijorat banklarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar va tumanlarning hokimliklarini jalb etgan holda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini yalpi hisobga olib, bunda zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli xoʻjaliklarning roʻyxatini aniqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik toʻgʻrisida amaldagi qonunga muvofiq iqtisodiy jihatdan nochor xoʻjaliklarni restrukturizatsiya qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin. Mazkur Farmonning bajarilayotganligi 1997-yilning 1 yarmi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1734-son