Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 12.08.2004 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 12.08.2004 yildagi 387-son
Date of entry into force
12.08.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TIJORAT FAOLIYATI UChUN MOʻLJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI JISMONIY ShAXSLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, tegishli toʻlovlar toʻlangan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat oʻzi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqlidirlar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”)ni yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyalarida (hozir boʻlish tartibida) amalga oshiriladigan tartib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs boʻlmasdan, import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalar subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 2004-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida ilgari davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik shaxs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari tomonidan eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlmasdan tovarlar importi bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri yuritilishini, unga sodir etilgan import operatsiyalari va budjetga tegishli toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, mazkur qaror chiqqunga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va “Vaqtincha saqlash” rejimida joylashtirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ilgari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
387-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 366-modda, 34 — 36-son, 264-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 24-son, 269-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda)