Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2005 04.08.2004 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 04.08.2004 yildagi 369-son
Date of entry into force
04.08.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON-AMERIKA MAʼLUMOTLAR UZATISh TARMOGʻI QOʻShMA KORXONASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2005-yil 8-avgustdagi PQ-149-sonli “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining maʼlumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va uni xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlar uzatish xizmatlari koʻrsatadigan korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, oʻquv yurtlari va yirik korporativ mijozlarning Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida maʼlumotlar uzatishning sifatli xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, isteʼmolchilarning axborot resurslaridan keng foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Telecommunications services” kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasi negizida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “UzPAK Teleservice” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “UzPAK Teleservice” qoʻshma korxonasining ustav fondida tomonlarning ulushi quyidagicha taqsimlanishiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarish uchun Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga berilayotgan davlat ulushi — 26 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ulushi — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqaro aloqa” tashkilotining ulushi — 10 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Telecommunications services” kompaniyasi (AQSh) ulushi — 49 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasining mol-mulki qoʻshma korxona ustav fondiga davlat tomonidan qoʻshilgan ulush hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiallarining xalqaro ichki zona kanallari va traktlari, binolari, inshootlari berilishi “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ulushi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari “Telecommunications services” kompaniyasi (AQSh) va “Xalqaro aloqa” tashkilotining ulushi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “UzPAK Teleservice” qoʻshma korxonasi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasining huquqiy vorisi, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-dekabrdagi 466-son qarori bilan belgilangan miqdorlar va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlarni qaytarishga doir “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻi korxonasining majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar “UzPAK Teleservice” qoʻshma korxonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborot ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“UzPAK Teleservice” qoʻshma korxonasining maʼlumotlarni uzatish tarmogʻida axborot resurslari himoya qilinishini taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga, urushni, zoʻravonlik va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy adovatni avj oldirishga, insonning or-nomusi va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan chaqiriqlar mavjud boʻlgan axborot va amaldagi qonun hujjatlarida tarqatish taqiqlangan boshqa axborot tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik vositalarni joriy etish, Internet-texnologiyalarni rivojlantirish, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axborot hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma korxonaning ustav fondidagi Oʻzbekiston tomonining ulushini belgilangan tartibda shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 2-ilovadan 289-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
369-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 354-modda)