17.08.2017 yildagi PQ-3223-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.08.2017 yildagi PQ-3223-son
Date of entry into force
28.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 11-avgustdagi PF-5148 sonli Farmoni asosida matbuot va ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, kutubxonachilik, axborot-resurs sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, mavjud huquqiy-normativ va moddiy-texnik bazani takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, boshqaruvning bozor munosabatlariga xos usullarini keng qoʻllash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasini saqlash, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari, Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti davlat korxonasi davlat koʻchmas mulki obyektlarida ijara toʻlovisiz joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassisligidagi “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarini nashr etish bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur nashrlarni oʻz daromadlari bilan taʼminlanmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bir oy muddatda, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3223-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 879-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)