O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
“Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1129-1]
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 15-apreldagi 177-son “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1129, 2002-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 8-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-yanvar,
76-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 5-son, 67-modda)