Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019 29.07.2016 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori, 29.07.2016 yildagi 12-son
Date of entry into force
29.07.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bogʻliq Protsessual normalarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllashda ayrim masalalar yuzaga kelganligi munosabati bilan qonun normalarini sud amaliyotida aniq va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga asosan har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda sudga bevosita qabulda topshirilishi, pochta aloqa xizmati yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatishda protsessual huquq normalarini aniq va bir xilda qoʻllashga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Arizani qabul qilishni rad etish va fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritishni tugatishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 152, 100-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga rioya qilish lozimligiga, shu bilan birga ushbu asoslar ham tugal emasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Oila kodeksining 39-moddasida xotinining homiladorlik vaqtida va bola tugʻilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga haqli emasligi belgilangan. Bunday holatlarda sud arizani qabul qilishni rad etishi, agar ariza qabul qilingan taqdirda ish yuritishni tugatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qonun normalarida belgilangan qoidalar nafaqat daʼvo arizalarga nisbatan, balki alohida tartibda ish yuritish, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Arizani qabul qilishni rad etish masalasi sudya tomonidan ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddat ichida asoslantirilgan ajrim chiqarish orqali hal qilinadi va u darhol, alohida hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida murojaat qiluvchi shaxsga topshiriladi yoki aloqa boʻlimi yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, sudya ajrimda arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini yoki ish qoʻzgʻatishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etishini koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyaning Fuqarolik protsessual kodeksining 152-moddasi 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani qabul qilishni rad etishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf qilingach, shu ish boʻyicha sudga umumiy tartibda ariza bilan takroran murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning aynan oʻsha taraflar oʻrtasida, aynan bir predmet toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjudligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ushbu masalani hal qilishda ilgari qabul qilingan va qonuniy kuchda boʻlgan sud qarori aynan oʻsha taraflar oʻrtasida, aynan bir predmet toʻgʻrisida va aynan bir asoslar boʻyicha qabul qilinganligiga, shuningdek, koʻrsatilgan holatlarning barchasi mavjud boʻlishi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvogar oʻzining talablariga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar daʼvo asosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo predmeti deganda, daʼvogarning talabi yoʻnaltirilgan, sud qarori qabul qilinishi soʻralayotgan subyektiv-huquq hamda koʻrib hal qilinishi lozim boʻlgan moddiy-huquqiy nizo tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga javobgardan davriy toʻlovlar (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararni qoplash yoki fuqaro vafot etganligi bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazolar) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng toʻlovlar miqdori yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgargan boʻlsa, bunday asos bilan har bir taraf Fuqarolik protsessual kodeksining 217-moddasi 3-qismiga muvofiq yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli ekanligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli boʻlib, bunda qarshi daʼvo umumiy qoidalarga rioya qilingan holda berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar javobgar tomonidan keltirilgan qarshi daʼvoni qabul qilishda Fuqarolik protsessual kodeksining 247-moddasi talabidan qatʼi nazar, arizani qabul qilish uchun ushbu Kodeksning 152-moddasida koʻrsatilgan asoslar monelik qilmasligi va ariza Fuqarolik protsessual kodeksining 149-150-moddalari talablariga rioya qilingan holda berilganligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 1 va 2-bandlariga muvofiq, muomalaga layoqatsiz shaxs, shuningdek, ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan ariza koʻrmasdan qoldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan deganda, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan, shuningdek, sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs tomonidan berilgan ariza tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan deganda, bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida berilgan vakolatlar doirasida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma mavjud boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan ariza tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Arizani koʻrmasdan qoldirishda Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasida koʻrsatilgan asoslarga rioya qilish lozimligi, lekin bu asoslar ham tugal emasligi sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining 282-moddasi talabiga koʻra, alohida tartibda yuritiladigan ishni koʻrish vaqtida agar sudga taalluqli huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa, sud arizani koʻrmasdan qoldirib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda daʼvo taqdim etishni taklif qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, sudlarning eʼtibori arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasidan tashqari qonunning boshqa maxsus normalari bilan ham belgilanganligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Arizani Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 4 va 5-bandlari asosida koʻrmasdan qoldirishda ishda taraflarga sud chaqiruv qogʻozi topshirilganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlib, ular sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillar taqdim qilmagan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlarga tushuntirilsinki, arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi asoslantirilishi va shuningdek, ariza protsessual qonunning qaysi normasiga muvofiq koʻrmasdan qoldirilganligi aniq koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrmasdan qoldirilishi, ishning mazmunan hal etilishiga toʻsqinlik qilishi sababli unga asos qilib keltirilgan holatlarni bartaraf etish yoʻllari sud tomonidan ajrimda koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrmasdan qoldirishga asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng manfaatdor shaxs yana sudga umumiy tartibda ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsa, daʼvogar yoki javobgarning iltimosnomasi (arizasi)ga binoan, sud Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 4 va 5-bandlariga asosan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida chiqargan oʻz ajrimini shu kodeksning 99-moddasiga koʻra bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur iltimosnoma (ariza) kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddat ichida sud tomonidan taraflar ishtirokida sud majlisida koʻrib chiqiladi. Taraflardan birining sud majlisiga kelmaganligi iltimosnoma (ariza)ni mazmunan hal qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi sababli ajrim ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, arizani koʻrmasdan qoldirishga faqat Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Ariza sud tomonidan asossiz koʻrmasdan qoldirilgan har qanday holatga yuqori sud tegishli munosabat bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar ish yuritishni tugatishda Fuqarolik protsessual kodeksining 100-moddasida belgilangan asoslarga qatʼiy amal qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, sud muhokamasi vaqtida ish sudga taalluqli emasligi aniqlansa, sud mazkur masalada taraflarning fikrini inobatga olgan holda, alohida ajrim bilan ish yuritishni tugatib, unda arizachiga qaysi organga murojaat qilishi lozimligini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjudligi sababli ish yuritish tugatilganda, sud ajrimida ushbu asoslar boʻyicha ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmasligi yetarlicha asoslantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvogar arz qilgan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan hamda taraflar kelishuv bitimi tuzgan boʻlsalar, uni tasdiqlashda sudlar Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasi 4-5-qismlari va 180-moddasi talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim nusxasi ishda ishtirok etayotgan taraflarga darhol, alohida hollarda esa, qabul qilingan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida topshirilishi, aloqa boʻlimi orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash vaqtida javobgar daʼvogarning talablarini tan olishi va bu tan olish sud tomonidan qabul qilinishi asosi boʻyicha ish yuritishni tugatishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida huquq toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlmasligi hamda ishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taʼsir qilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasi 1-qismiga asosan hakamlik bitimi mavjud boʻlgan taqdirda, nizo hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirilishi mumkin. Agar taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi mavjudligi aniqlansa, hakamlik sudiga ariza topshirilgan-topshirilmaganligidan qatʼi nazar, sud ish yuritishni tugatib taraflarga hakamlik sudiga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan birining vafotidan soʻng Fuqarolik protsessual kodeksining 43-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlmay, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, ish yuritish tugatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolik protsessual kodeksining 152 va 97-moddalari asosida arizani qabul qilishni rad etish yoki arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi manfaatdor shaxslarning xususiy shikoyatlari (protestlari)ga muvofiq bekor qilingan taqdirda, ish mazmunan hal qilinmaganligini inobatga olgan holda, ilgari ajrim chiqargan sudya ishni qaytadan koʻrishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlar ish yuritishni tugatish haqidagi masalani muhokama qilish bilan birgalikda daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilishga ham eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish masalalarini hal qilish bilan birgalikda Fuqarolik protsessual kodeksining 108-moddasi 1-qismi 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, arizachiga toʻlangan davlat boji toʻliq qaytarilishi taʼminlanishi shart. Davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishda Soliq kodeksining 342-moddasi talablariga rioya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash uchun vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlar oʻtkazib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrib borishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son