OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2469-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 62-sonli ““Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami2469-2, 01.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 98-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2469, 2013-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 322-modda) bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Imtihonlar olishda traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,04;
texnikani ekspluatatsiya qilish qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
haydash koʻnikmalari qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
guvohnoma berilganligi uchun — 0,17;
ogohlantirish taloni berilganligi uchun — 0,08 miqdorda yigʻim undiriladi.
Har bir takroriy imtihon uchun koʻrsatilgan summa 2 barobar miqdorida undiriladi.
Yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari oʻrniga yangilari berilganligi uchun koʻrsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-noyabr,
9-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 14-noyabr
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
2014-yil 14-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 564-modda)