Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.02.2003 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.02.2003 yildagi 93-son
Date of entry into force
19.02.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PAXTA XOM AShYoSI YETIShTIRIShDA BOZOR PRINSIPLARINI AMALGA OShIRISh VA UNI YETIShTIRIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtirish va xarid qilish amaliyotiga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, paxta yetishtiruvchi shirkatlar va fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2003-yil mavsumidan boshlab, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari paxta xomashyosi yetishtirish va xarid qilish hajmini belgilashning negizi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yilga paxta yetishtirishning prognoz hajmlari umuman respublika va mintaqalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosidagi takliflariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda yangi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, unda paxta yetishtirishning prognoz hajmlarini, paxta xomashyosiga xarid narxlarini va paxta tolasiga ulgurji narxlarni, paxta yetishtirishni koʻpaytirish yuzasidan shirkatlar va fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirishning amaliy mexanizmi joriy etilishini taʼminlaydigan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini belgilash mexanizmi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda kontraktatsiya shartnomalari tuzish yakunlarini umumlashtirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga 2003-yilda paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar. Bunda aniq mintaqalarning yer-suv resurslari holati hisobga olingan holda chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2003-yilda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasi xarid qilish hajmi paxta tolasini amalda ishlab chiqarish hajmining 50 foizi darajasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta tolasi xarid qilishning belgilangan tartibi va prinsiplari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlari hisobga olingan holda hisob-kitob qilish tartibi va seleksiya navlari uchun xarid narxlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan tuzatish koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-fevraldagi PQ-1288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2003-yil hosiliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoniga qatʼiy muvofiq belgilanadigan paxta xomashyosiga xarid narxlarini hisobga olgan holda avans bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y.,4-son, 34-modda; 2007-y., 9-10-son, 84-modda; 2008-y., 17-son, 130-modda; Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 78-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)