Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2002 12.05.1991 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.05.1991 yildagi 129-son
Date of entry into force
12.05.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Matbuotda davlat sirlarini saqlash vazifalarini Oʻzbekiston SSJ davlat matbuot qoʻmitasiga berish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-iyuldagi 241-sonli “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv tuzilishini takomillashtirish maqsadida va SSJI Vazirlar Mahkamasining “SSJI vazirliklari va davlat boshqaruvining boshqa markaziy organlari roʻyxati toʻgʻrisida” 1991-yil 13-apreldagi 176-son qarorining 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasini tugatish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Matbuotda davlat sirlarini saqlash vazifalari, xodimlar soni, ish haqi jamgʻarmasi va yengil avtotransportni saqlash limitlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat huzurida bevosita Qoʻmita raisiga boʻysunuvchi matbuotda davlat sirlarini saqlash inspeksiyasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida markaziy apparatning shtat jadvalini, tarmoq tuzilishini, shuningdek tasarrufidagi boʻlinmalarning nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi matbuotda davlat sirlarini saqlash boshqarmasining sxemasini tasdiqlash haqida” 1988-yil 12-avgustdagi 281-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻzSSR Ministrlar Sovetining “OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Matbuotda davlat sirlarini saqlash bosh boshqarmasi faoliyatida xoʻjalik hisobi prinsiplaridan foydalanish haqida” 1989-yil 6-apreldagi 140-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 12-may,

129-son