Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiyot vaziri lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot vaziri lavozimi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
39-son