Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.11.1998 yildagi PF-2111-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.11.1998 yildagi PF-2111-son
Date of entry into force
18.11.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KAPITAL QURILIShDA BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 1998 — 2000-yillarga moʻljallangan Dasturiga muvofiq, shuningdek, kapital qurilishda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qurilish sohasidagi boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, tegishli qurilish korporatsiyasi, uyushmasi va birlashmasi muassislarining quyidagilarni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi — “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasi — “Oʻzdehqonchilikqurilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ korxonalari uyushmasi — “Oʻzjamoaqurilish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasini, “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasini va “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasini tugatish boʻyicha belgilangan tartibda tugatuvchi komissiyalarni tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi va “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxslar sifatida saqlab qolinadi va ular xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni oʻtkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tegishli hududiy komissiyalar bilan birga ikki hafta muddatda hududlar boʻyicha qurilish tashkilotlari tizimi va tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ortiqcha boʻgʻinlar va boʻlinmalarni tugatishni, ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maʼqullangan namunaviy boshqaruv tuzilmasiga muvofiq holga keltirishni, keng koʻlamda aksiyalashni taʼminlangan holda ularni tashkiliy-huquqiy shakllari bundan buyon ham oʻzgartirib borilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli loyiha hujjatlari boʻlmagan va moliyalash manbalari tasdiqlanmagan obyektlar qurilishiga yoʻl qoʻymasinlar, qurilish qiymati oshib ketishiga olib keladigan unumsiz xarajatlarini keskin qisqartirish choralarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishiga, shu jumladan obyektlarni toʻliq qurib topshirish sharti bilan, buyurtmalarni tender (tanlov) asosida joylashtirish tizimi keng joriy etilishini taʼminlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy qurilish firmalari, kichik pudrat qurilish tashkilotlari barpo etish va ularning faoliyat koʻrsatishiga, pudrat ishlari bozori, qurilish mollari ulgurji bozorlarini shakllantirishga butun choralar bilan koʻmak bersinlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasi (“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”)ni tashkil qilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 25-dekabrdagi PF-519-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2111-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)