Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.1999 19.05.1997 yildagi PF-1782-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.05.1997 yildagi PF-1782-son
Date of entry into force
19.05.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA BANK XIZMATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-martdagi PF-2241-sonli “Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar oʻrtasida raqobatni rivojlantirish, xalq xoʻjaligida toʻlov intizomini mustahkamlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini banklar tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab har bir korxona (tashkilot) oʻzi tanlab olgan faqat bitta bank muassasasida soʻm va valyuta hisob-kitob (joriy) hisobvaraqlariga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda korxonalar va tashkilotlar bankda oʻz hisobvaraqlarini ochish uchun uni mustaqil ravishda tanlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat banklari korxonalar va tashkilotlar bundan buyon xizmat koʻrsatish uchun oʻzlari tanlab olgan banklarga ularning soʻm va valyuta hisobvaraqlari toʻsqinliksiz koʻchirilishini taʼminlasinlar, bunda ilgari mazkur hisobvaraqlar ochilgan banklar oldidagi qarz batamom toʻlanishi yoki uning banklararo kreditga qaytadan rasmiylashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 19-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1782-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 163-modda)