Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
KONTINENTAL SHELFDA JOYLASHGAN STATSIONAR PLATFORMALAR XAVFSIZLIGIGA TAHDID SOLUVCHI GʻAYRIQONUNIY AKTLARGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDAGI BAYONNOMAGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QOʻSHILISHI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalar xavfsizligiga tahdid soluvchi gʻayriqonuniy aktlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi bayonnomaga ushbu Bayonnoma 3-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan barcha xollarda Bayonnomaning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan jinoyatlar ustidan Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasini oʻrnatgan holda qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
133-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 225-modda)