Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2017 20.03.1998 yildagi PF-1979-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.03.1998 yildagi PF-1979-son
Date of entry into force
20.03.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JISMONIY ShAXSLARNING NAQD XORIJIY VALYuTANI OLIB KELIShI VA OLIB ChIQIB KETIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasining amaldagi tartibini takomillashtirish va tashqi aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1998-yil 1-apreldan boshlab respublikadan tashqariga naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketishning quyidagi tartibi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezidentlarga — 2000 AQSh dollariga teng miqdorda;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 28-iyuldagi PF-3284-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 97-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentlarga — bojxonaga taqdim etilgan deklaratsiyaga muvofiq respublikaga keltirilgan valyuta miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib ketishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni oʻtkazishga asosiy litsenziyasi boʻlgan vakolatli banklarning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlariga 1998-yil 1-apreldan boshlab belgilangan tartibda bojxona deklaratsiyalarini toʻldirish sharti bilan naqd xorijiy valyutani respublikaga erkin olib kelishiga ruxsat etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2887-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 123-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy valyuta bilan operatsiya oʻtkazishga asosiy litsenziyasi boʻlgan vakolatli banklariga jismoniy shaxslarga hisob raqamlari va omonatga qoʻyilgan naqd xorijiy valyutasini olgan taqdirda, shuningdek, xizmat safari xarajatlari uchun respublikadan xorijiy valyutani olib ketish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni berishga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 115-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda aviatsiya transportida respublika hududi orqali oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari uchun bojxona deklaratsiyasiga muvofiq, qoʻshimcha hujjat va maʼlumotnomalar talab qilmay, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish hamda naqd xorijiy valyutani olib kelish va olib ketish ustidan nazoratning soddalashtirilgan tartibini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-oktabrdagi “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari toʻgʻrisida”gi Farmonining 3-bandi bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi amaldagi idoraviy meʼyoriy hujjat va yoʻriqnomalarni uch kun muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1979-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 60-modda; 2001-y., 6-son, 123-modda; 2002-y., 6-7-son, 115-modda; 2003-y., 6-7-son, 97-modda)