16.11.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
14.06.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim

OʻZBEKISTON–QOZOGʻISTON DAVLAT ChEGARASIDAN OʻTKAZISh PUNKTLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida aloqani rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidan shaxslarni, transport vositalarini, yuk, tovar va hayvonlarni oʻtkazish tartibini takomillashtirish zarurligiga asoslanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy migratsiya, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning kontrabandasini aniqlash va oldini olish, shuningdek epidemiya va epizootiyaning tarqalishini bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni birgalikda va oʻz vaqtida olib borish zarurligini tan olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasini shaxslar va transport vositalarining kesib oʻtishi, shuningdek yuk, tovar va hayvonlarni olib oʻtish uchun Tomonlar davlat chegaralaridan xalqaro, ikki tomonlama oʻtkazish punktlarini (bundan keyin oʻtkazish punktlar deb ataluvchilar) oʻrnatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻtkazish punktlari roʻyxatini diplomatik kanallar orqali ahdlashib oladilar va ushbu Bitimning ajralmas qismlari hisoblanadigan bayonnomalar orqali rasmiylashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar davlatlarining chegara va bojxona idoralarining ahdlashuviga hamda Tomonlar davlatlarining milliy qonunlariga koʻra Tomonlar davlatlarining fuqarolari oʻtishlari uchun yengillashtirilgan oʻtkazish punktlari tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasi avtomobil oʻtkazish punktlari orqali shaxslarning kesib oʻtishi transport vositalaridan foydalangan holda yoki piyoda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarni, transport vositalarini, yuk, tovar va hayvonlarni chegara, bojxona va zarur hollarda boshqa turdagi nazorat qilish (bunday keyin — nazorat qilish deb ataladi), oʻtkazish punktlarida Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiliklari va ular ishtirok etgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlarining ochilishi, ularni qurib bitirgandan keyin va har bir Tomon davlatlarining nazorat organlari faoliyati uchun zarur infratuzilma yaratilganidan soʻnggina amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻtkazish punktlarining ochilganligi yoki yopilganligi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimni bajarishda Tomonlarning quyidagi vakolatli organlari masʼul hisoblanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan -Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qozogʻiston Respublikasi tomonidan - Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining Chegara xizmati va Qozogʻiston Respublikasi Davlat daromadlari vazirligining Bojxona qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning vakolatli organlari boshqacha tartib oʻrnatishga kelishib olmagan boʻlsalar, oʻtkazish punktlarining ishlari kunda yigirma toʻrt soat amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim Tomonlar ilgari boshqa davlatlarga nisbatan qabul qilgan majburiyatlariga daxl qilmaydi va uchinchi davlatlar hamda ularning manfaatlariga qarshi qaratilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishning cheklanishi yoki toʻxtatilishi Tomonlar davlatlarining milliy xavfsizligi manfaatlarida, sanitar-karantin sabablariga koʻra, tabiiy ofatlar natijasida, epidemiya va epizootiya hollarida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday cheklashlarni kiritayotgan Tomon boshqa Tomonni cheklashning kiritilishi uchun rejalashtirilgan vaqtga kamida 24 soat qolganda cheklashning sabalari va muddatlarini koʻrsatgan holda, diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarining obyektlari yoki kommunikatsiya qurilmalarning rejali taʼmirlanishi sababli harakatlanish cheklanishi yoki taqiqlanishi toʻgʻrisida bir-birlarini bunday ishlar boshlanishidan kamida uch oy oldin, ularning tugatilish sanasini koʻrsatgan holda axborot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatlarda (tabiiy ofatlar, yongʻinlar, suv toshqinlari, epidemiya, epizootiya, texnogen xarakteridagi avariyalar, shoshilinch tibbiy tez yordam koʻrsatish va h.k.) Tomonlar davlatlarining chegara idoralari oʻzaro kelishuvga koʻra Tomonlar davlatlarining fuqarolarini transport vositalari va anjomlarini nazoratning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda amaldagi oʻtkazish punktlaridan tashqari oʻtkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazish punktlarining tegishlicha faoliyatini taʼminlash uchun Tomonlarning har biri oʻz davlatining hududida zarur infratuzilmani yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil va temir yoʻl oʻtkazish punktlari obyektlarini loyihalashtirishda, shuningdek qurilishida Tomonlar davlatlarining hududlarida birgalikda nazorat olib borish uchun shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birgalikdagi nazoratining tartibi va tashkillashtirishi Tomonlarni tegishli idoralar oʻrtasidagi kelishuvlar orqali hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar lozim boʻlsa, uning ijro etish masalalari boʻyicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish va qoʻllash borasida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar orqali hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim Tomonlarning uni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va Tomonlardan birontasi boshqa Tomonni ushbu Bitim faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyatini navbatdagi besh yillik muddat tugashidan kamida olti oy ilgari yozma xabarnoma yubormasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ostona shahrida 2001-yil 16-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)