Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 28.03.2011 yildagi PQ-1512-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.03.2011 yildagi PQ-1512-son
Date of entry into force
28.03.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOʻQIMACHILIK SANOATI KORXONALARINI JADAL RIVOJLANTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, paxta tolasini yanada chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va zamonaviy raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori 6-bandida koʻzda tutilgan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar tomonidan olib kirilayotgan ximikatlar, boʻyoqlar, furnitura va aksessuarlar, shuningdek, respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallarni import bojxona bojlari toʻlashdan ozod qilishga oid imtiyozning amal qilish muddati 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori 6-bandining amal qilishi barcha tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalarga 2020-yilning 1-yanvariga qadar toʻqimachilik yarim fabrikatlarini (kalava, gazlama, trikotaj polotnosi, paxta yigirish chiqitlari, aksessuarlar va furnitura) qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasida xarid qilishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi va respublikadagi toʻqimachilik korxonalari bilan birgalikda bir oy muddatda 2010-yil hosilidan ichki bozorga amalda yetkazib berilgan paxta tolasi hajmi uchun toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilishni, 2011-yil 1-yanvardan boshlab respublika toʻqimachilik korxonalari foydasiga 2010-yil hosilidan kelgusida paxta tolasini yetkazib berish uchun ularning oldindan haq toʻlashi hisobiga ijobiy tafovutni oʻtkazib berishni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi “Respublika toʻqimachilik tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 38-son qarori 5-bandidan “va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1512-son