07.09.2010 yildagi PQ-1401-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.09.2010 yildagi PQ-1401-son
Date of entry into force
07.09.2010
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKANING YOGʻ-MOY TARMOGʻINI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda respublikamiz yogʻ-moy sanoatida faoliyatni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha bir qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Paxta chigitini sertifikatlash tizimi joriy etilib, ularni yogʻ-moy korxonalariga yetkazib berishning samarali mexanizmi yaratildi, korxonalarni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda, mahsulot sifatini oshirish choralari koʻrilmoqda. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ichki isteʼmol bozorini yogʻ-moy mahsulotlari bilan barqaror va kafolatli toʻldirishni taʼminlashga xizmat qildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ayrim hududlarda yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanilmayapti, texnologik reglamentlarning buzilishi va belgilangan standartlarga javob bermaydigan paxta yogʻi ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmoqda. Yogʻ-moy sanoati sohasida yetarlicha malaka va tajribaga ega boʻlmagan shaxslarni korxonalarga rahbar etib tayinlash faktlari mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu kamchiliklarni bartaraf etish, yogʻ-moy sanoatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, korxonalarni tajribali yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash va shu asosda yogʻ-moy mahsulotlari sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, yogʻ-moy mahsulotlarining toʻliq toʻyinganligini taʼminlash u bilan ichki isteʼmol bozorini rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra paxta chigiti faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 1-ilovaga kiritilgan yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan qayta ishlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan yogʻ-moy tarmogʻi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot, eng avvalo paxta yogʻi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-sonli qaroriga 2-ilova bilan nazarda tutilgan holatlar bundan istisno), shrot, shulxa, kir sovun, atir sovun, margarin mahsulotlari va glitserin faqat tovar birjalari orqali sotiladi. Ushbu tartibni buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-sonli qarorining 1-ilovasiga kiritilmagan korxonalarda, shuningdek uy sharoitlarida chigitni qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi. Paxta chigitini qonunga xilof ravishda qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish bilan shugʻullangan shaxslarga belgilangan tartibda javobgarlik choralari, hatto, jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston “Sifat” markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tarmoq korxonalarida, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va qayta ishlashda birlamchi hisobni tashkil etishning tasdiqlangan tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik qoidalari va meʼyoriy hosildorliklariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy sanoati korxonalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil etish, korxona boʻlinmalari rahbarlari va bosh mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari aholining yogʻ-moy mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek mavjud yer resurslari va qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashuvini hisobga olgan holda, noanʼanaviy moyli ekinlar yetishtirishni, shu jumladan, lalmikor yerlarda yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan paxta moyini sotishdan tushgan aksiz soligʻi mablagʻlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushumi ustidan tizimli monitoringni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy sanoatidagi yakka tartibdagi aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish uchun ilgari joriy qilingan “oltin aksiyalar” bekor qilinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1401-son