31.12.2009 yildagi 340-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2009 yildagi 340-son
Date of entry into force
31.12.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARI MAʼLUMOTLARI MILLIY BAZASIDAN KENG FOYDALANISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning meʼyoriy-huquqiy hujjatlar matnlaridan keng foydalanishini taʼminlash, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda huquqiy axborotlarni aholi eʼtiboriga yetkazish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari matnlarini qamrab olgan va keng foydalanish uchun Internet tarmogʻida joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yaratish ishlari tugallanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlarni, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida axborotlarning har haftada olinishi hamda rahbarlar, xodimlar va boshqa manfaatdor shaxslarga yetkazilishi uchun masʼul boʻlgan shaxslarni belgilagan holda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlarining huquqiy savodxonligini hamda yangidan qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida xabardor boʻlishi uchun masʼuliyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini oʻz vaqtida va sifatli yangilash, shuningdek Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga ulanish va undan foydalanish tartibini tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har haftada oldingi haftada qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar roʻyxatini, shuningdek ularga qisqacha izohlarni Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Internet tarmogʻidagi Hukumat portalida eʼlon qilib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
340-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 576-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)