Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2023 03.02.2006 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 03.02.2006 yildagi 3-son
Date of entry into force
03.02.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ER KODEKSINI TATBIQ QILIShDA SUD AMALIYOTIDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda erga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksida bayon etilganidek, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini koʻzlab erdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan koʻrilgan yer bilan bogʻliq nizolar yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish shuni koʻrsatdiki, mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalari asosan toʻgʻri qoʻllanilmoqda. Shu bilan birga ishlarni taalluqliligi masalasida, yer uchastkasiga boʻlgan huquq va ularni bekor qilish, yer uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda erga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini tatbiq qilish bilan bogʻliq ishlarni toʻgʻri hal qilish yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yerga oid huquqiy munosabatlar deganda — yer resurslarini boshqarish, uni qoʻriqlash va himoya qilish, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanish jarayonida kelib chiqadigan huquqiy va boshqa ashyoviy munosabatlar tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarning eʼtibori, davlat boshqaruvi organlari, maʼmuriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining fuqarolarning yer huquqiy munosabatlari sohasidagi huquqlarini buzuvchi qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar maʼmuriy sudlarga taalluqli ekanligiga qaratilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi vakolatli organning qarorini bekor qilish va u bilan bogʻliq yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish natijasida yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanilganida yer uchastkasini olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
servitutni belgilash yoki bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bogʻliq va boshqa nizolar daʼvo ish yuritish tartibida koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer nizolari bilan bogʻliq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sudya FPK 201, 204-moddalariga muvofiq nizoning predmetiga taalluqli boʻlgan zarur hujjatlarni talab qilib olishi, ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslar doirasini aniqlashi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha taraflar nizoli yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi;
(9-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 10-moddasining 5-qismi va 21-moddasi talabiga muvofiq yer uchastkasini boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu xol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini boʻlish va undan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek yer uchastkasi chegarasini belgilash toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishda sud Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 22-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan ulushlarga mutanosib ravishda yer uchastkasini boʻlish yoki foydalanish tartibini belgilash haqidagi davlat yer kadastri yoki yer ekspertizasi xulosasidan kelib chiqishi lozim. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini taraflarning imoratga boʻlgan egalik huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda ajratish imkoniyati boʻlmasa, sud ilgaridan oʻrnatilgan yer uchastkasidan foydalanish tartibidan kelib chiqishi lozim;
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 62-moddasining 4-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasida yerdan foydalanish tartibi oʻrnatilganidan soʻng vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki foydalanish tartibi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim. Yaʼni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy mulk ishtirokchilaridan birining umumiy foydalanishda boʻlgan turar joyda yordamchi imoratlar va qurilmalarni barpo etishi oʻz-oʻzidan birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasining oʻlchamini oʻzgartirishga asos boʻlmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy mulkdorlaridan biri uy-joyning oʻziga tegishli qismini oʻzga mulkdorga oʻtkazganda, shuningdek uy-joyning bir qismi vorislik, hadya va boshqa tarzda oʻzgaga oʻtkazilganda yer uchastkasidan foydalanish tartibini yangidan belgilashga, faqat bu tartib boshqa mulkdorlarning huquq va manfaatlariga zid boʻlmagan taqdirdagina, yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy mulkdorlarining biri imoratning oʻziga tegishli boʻlgan qismini uchinchi shaxs foydasiga oʻtkazganda, yer uchastkasidan foydalanishning ilgaridan oʻrnatilgan tartibi yangi mulkdor uchun ham majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini boʻlish yoki undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolar boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tarafga qoldiriladigan uchastkaning oʻlchami va chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarining oʻlchami va chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalaridan turar joyga, yordamchi imoratlarga va qurilmalarga oʻtish joyining oʻlchami va chegaralari hamda boshqa eʼtiborga molik holatlari koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish haqidagi nizolarni hal qilishda, sudlar bunday huquqlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida koʻrsatilgan hollarda bekor qilinishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasi 1-qismining 6-11-bandlari asosida yer uchastkalarini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi vakolatli organlar qarorlarining qonuniy va asosliligi masalasini hal qilishda, sud ular tomonidan mazkur kodeksning 38-moddasi talablariga rioya qilinganligi holatiga baho berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining 6-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlaridan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi. Bu holatda yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, lekin egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdorining Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40-moddasida belgilangan majburiyatlari bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan, servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular servitut toʻgʻrisida oʻzaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda foydalanuvchining daʼvosi boʻyicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart. Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyxatiga olinishi lozim. Yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda servitut saqlanib qoladi. Servitutni belgilashga sabab boʻlgan asoslar barham topsa belgilangan servitut bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 41-moddalarida nazarda tutilgan maqsad, shuningdek, tartib va kafolatlarga rioya qilgan holdagina yer uchastkasini olib qoʻyishi mumkinligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-moddasining 3-qismiga muvofiq, davlat hisobidagi yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganida, uni qaytarib olish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga koʻra, yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganida uni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, ijarachiga yoki yer uchastkasining mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish deganda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organning qarorisiz, yer uchastkasi chegarasi joyida belgilanmasdan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilmasdan hamda yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinmasdan yer uchastkalarini egallab olinishi tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalarida belgilangan tartib va holatlarda zarar yetkazuvchi hisobidan toʻla hajmda, fuqarolik qonun hujjatlarining zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni belgilovchi umumiy qoidalariga amal qilgan holda qoplanishi lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga yer nizolari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 3-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son