Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2013 06.06.2003 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 06.06.2003 yildagi 6-son
Date of entry into force
06.06.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOLIQ VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI TOʻLAShDAN BOʻYIN TOVLAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI QONUNLARNING SUDLAR TOMONIDAN QOʻLLANILIShI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31 maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolar qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat tomonidan belgilangan soliq, yigʻim, boj va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamasligi, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishi, kamaytirib koʻrsatishi, shuningdek, soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan oʻzga tarzda, jumladan, nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturini noqonuniy oʻzgartirish yoʻli bilan qasddan boʻyin tovlashi budjet siyosati barqarorligiga putur yetkazadi. Soliqdan yashirilgan mablagʻlardan, aksariyat hollarda, jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanilishi soliq qonunchiligi sohasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyoti tahlili shuni koʻrsatadiki, sudlar soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlik belgilovchi qonunlarni asosan toʻgʻri qoʻllashmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan bir qatorda, ushbu toifadagi ishlar boʻyicha huquqbuzarlik faktini va soliqdan yashirilgan daromad (foyda) miqdorini aniqlashda, aybdor shaxslar harakatini kvalifikatsiya qilish va ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlash kabi masalalarda ayrim xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 174-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash deganda, foyda (daromad)ni yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek, miqdori eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan koʻp boʻlmagan, davlat tomonidan belgilangan soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan oʻzgacha boʻyin tovlash tushunilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ancha miqdorda (eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha) soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 174-moddasining 2-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yana ancha miqdorda soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, basharti bunda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 37-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtib ketmagan boʻlsa, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 184-moddasi 2-qismining “b” bandi yoki 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda uning muqaddam soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi huquqiy ahamiyatga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasida bayon etilgan “foyda”, “daromad”, “soliq solinadigan boshqa obyektlar”, “soliqlar”, “yigʻimlar”, “bojlar”, “boshqa majburiy toʻlovlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlashda Soliq kodeksi va iqtisodiyot sohasidagi boshqa qonunchilik normalaridan kelib chiqish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasi boʻyicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi boʻlib, u ham harakat, ham harakatsizlikda namoyon boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni soxtalashtirish (oʻchirish, gʻayriqonuniy tuzatish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbaki boshlangʻich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qoʻshib hisobdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yoʻli bilan mehnatga haq toʻlash xarajatlarini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromad (foyda)ni qasddan kamaytirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni notoʻgʻri qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni yoʻq qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larni sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xoʻjalik faoliyatini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining yozma bildirishnomasi mavjud boʻlgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslik va boshqalardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha aybdorning qilmishida soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashning yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi mavjudligi isbotlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturining noqonuniy oʻzgartirilishi, daromad (foyda)ning haqiqiy miqdorini yashirishga sharoit yaratganligi tufayli soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashning bir usuli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu toifadagi ishlar boʻyicha surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilinishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha shuni eʼtiborga olish kerakki, agar soliq toʻlovchi subyektlarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) Jinoyat kodeksining 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, ular Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205—209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunga koʻra (Soliq kodeksining 133-moddasi), agar bir turdagi soliq, yigʻim, boj va boshqa majburiy toʻlovlar uchun toʻlangan pul summasi boshqa turdagi majburiy toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summalar oʻrnini toʻliq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchi oʻz xatolarini soliq organlari tomonidan hujjatli (sanoqqa asoslangan) tekshiruv oʻtkazilgunga qadar mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bir turdagi soliq, yigʻim, boj va boshqa toʻlovlar uchun ortiqcha toʻlangan summaning miqdori boshqa turdagi toʻlovlar uchun qasddan toʻlanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi toʻlangan va toʻlanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan holda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, surishtiruv, tergov organlari va sudlar soliq qonunchiligini buzishga oid ishlar boʻyicha soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarning har bir turi uchun amalga oshirilgan toʻlovlar holatini batafsil aniqlashlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash jinoyati soliq solinadigan tegishli moliya yili (Soliq kodeksining 123-moddasi) uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatda soliq toʻlanmasligi holati kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda surishtiruv, tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, ushbu huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini toʻgʻri aniqlashlari, yaʼni uni aybdor tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib koʻrsatilgan soliq solinadigan obyekt miqdori (qiymati)dan emas, balki faqat toʻlanmagan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda belgilashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar toʻlanmagan soliq yoki boshqa majburiy toʻlov miqdorini aniqlashda, barcha turdagi soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlar summasidan kelib chiqishlari zarur. Bu summaga soliq qonunchiligida nazarda tutilgan penya va jarima sanksiyalari qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlanmagan soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlar miqdorini belgilashda, soliq, tergov organlari va sud, Soliq kodeksining 6-bobi (chegirmalar va zararlar) talablarini inobatga olishlari shart. Unga koʻra, soliq solinadigan daromad (foyda)ning miqdorini belgilashda, jami daromaddan xodimlarga ish haqi toʻlash, asosiy vositalarni taʼmirlash, ijara haqi bilan bogʻliq va boshqa xarajatlar chegiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga toʻlgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega boʻlgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur boʻlgan jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksining 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq toʻlovchi tashkilotning boshligʻi va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek, buxgalteriya, bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega boʻlgan va buxgalteriya hujjatlariga daromad yoki xarajatlar toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar kiritgan yoxud soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirgan oʻzga xizmatchilari tortilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda koʻrishda bunday jinoyatlarni yashirishga koʻmaklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari koʻrilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu jinoyatni sodir etishga soliq toʻlovchi tashkilot boshligʻi, bosh (katta) buxgalteri, boshqa xizmatchilarini undagan yoxud oʻzining maslahatlari, koʻrsatmalari bilan jinoyatni sodir etishga koʻmaklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq toʻlovchiga koʻmaklashgan, shu jumladan, ushbu mashinalarni ishlab chiqargan, yetkazib bergan, ularga texnik xizmat koʻrsatgan shaxslar ham soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga qasddan koʻmaklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida Jinoyat kodeksining 28-moddasi hamda 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar, ayni paytda ular gʻaraz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ham koʻzlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatni yashirishga koʻmaklashgan boʻlsalar, ularning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan pora olganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan ham qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba alohida qasd bilan sodir etgan aybdorning harakati soliq toʻlashdan takroran boʻyin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd boʻlganligining ahamiyati yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning harakatlarida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan takroran boʻyin tovlash belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qilmishni soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi va Jinoyat kodeksi 184-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilish uchun asos boʻlgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, jinoyat tugallangan vaqtda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim. Bunda Soliq kodeksining 3-moddasi va Jinoyat kodeksining 13-moddasi talablariga rioya etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash aybdor tomonidan soliq qonunchiligining muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bogʻliq. Shu tufayli, Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha surishtiruv, tergov organlari va sudlarning eʼtibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda ayblanuvchi yoki mahkum tomonidan soliq qonunchiligining jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan aynan qaysi normasi talablari buzilganligi koʻrsatilishi shartligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talablarga rioya etmaslik protsessual qonun normalarini jiddiy buzish sifatida qaralmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jinoyat kodeksining 184-moddasi sanksiyasida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmagan boʻlsada, ushbu jazo Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq qoʻshimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo tayinlash masalasini sud, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlagan sudlanuvchining shaxsi va jinoyat ishi holatlaridan kelib chiqqan holda, muhokama qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 184-moddasining 4-qismiga koʻra, qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliq va boshqa toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, aybdorga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yoʻqligi bilan bogʻliq holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, hujjatli tekshiruv va moliya-xoʻjalik faoliyati taftish aktlari asosida ham aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq barcha holatlarni toʻliq va har tomonlama aniqlash maqsadida, sudlar, zarurat tugʻilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi boʻyicha mutaxassislarni jalb qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud, tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ishni qoʻshimcha tergovga yubormasdan turib, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash oqibatida yetkazilgan zarar summasini, basharti bu holat jinoyatning kvalifikatsiyasiga taʼsir etmasa, koʻpaytirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlarning eʼtibori mazkur toifadagi ishlar boʻyicha hukm chiqarishda fuqarolik daʼvosi hal etilishi zarurligiga qaratilsin. Ayni vaqtda shuni nazarda tutish lozimki, soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha davlat budjetiga toʻlanmagan soliq miqdorida yetkazilgan moddiy zarar summasini undirish bilan birgalikda, aybdordan soliq qonunchiligida belgilangan miqdorda penya va jarima undirish haqida ham fuqarolik daʼvosi kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik daʼvosini qanoatlantirish toʻgʻrisida xulosaga kelganda, sud oʻz hukmida mahkumdan undirilishi lozim boʻlgan pul summasi miqdorini, toʻlanmagan soliq va boshqa majburiy toʻlov turiga qarab, ushbu summa undirilishi lozim boʻlgan tegishli davlat budjeti (respublika, mahalliy) nomini koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tushuntirilsinki, soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra tugatilgan taqdirda, mazkur toʻlovlar toʻlanmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrishda, sudlar ushbu jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 6-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son