Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2014 02.05.1997 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 02.05.1997 yildagi 2-son
Date of entry into force
02.05.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SUD HUKMI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm odil sudlovning muhim hujjatidir. Shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinligiga rioya qilinishi, hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishiga bogʻliq. Qonunning barcha talablariga rioya qilingan holda chiqarilib qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi boʻlmay turib hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika sudlarining hukmlari asosan qonuniydir. Shuning bilan birga hukmlarni chiqarishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarining buzilish hollari uchrab turibdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hukmda yoritilgan xulosalari hamma vaqt ham yetarli darajada asoslantirilmaydi. Qator ishlar boʻyicha hukmlar JPK 26 va 455-moddalarining talabiga zid holda dastlabki tergovda toʻplangan, lekin sud majlisida tekshirilmagan yoki oʻz tasdigʻini topmagan dalillarga asoslantirilgan Konstitutsiya va jinoyat-protsessual qonun normalariga zid holda aybdorlikni asoslantirish uchun qonunni buzish yoʻli bilan olingan dalillarni keltirish hollari uchraydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baʼzan adolatli qaror qabul qilish, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish oʻrniga ishlar asossiz qoʻshimcha tergovga yuborilmoqda.
(muqqadimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy jazo choralarini tayin etishda qonun buzilishlari roʻy bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.Sud hukmi davlat nomidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bilan taʼminlangan holda oshkora sud muhokamasida qonuniy tartibda aniqlanmasdan turib aybdor hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlar hukm chiqarishda sudning hukmi qonuniy va adolatli boʻlishi, faqat qonunga boʻysunuvchi, mustaqil sudyalar tomonidan chiqarilishi; sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi; odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda, taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi asosida chiqarilishi va ish boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim tamoyillariga amal qilishga majburdirlar. Ushbu tamoyillarni buzishlik hukmni qonuniy emas deb topishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarning eʼtibori JPK 22-moddasiga binoan ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻplangan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilsin. Bunda JPK 26 va 455-moddalari talabiga binoan hukm faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida oʻz aksini topgan dalillarga asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda aybini boʻyniga olish holati u ish boʻyicha toʻplangan hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan xolisona tasdiqlangandagina ayblov hukmi chiqarishga asos boʻla oladi. Bu talab ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emasligi va sudlanuvchining aybdorligi sud muhokamasi jarayonida isbotlangan taqdirdagina chiqarilishi lozimligi haqidagi JPK 463-moddasi mazmunidan kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksining 117-moddasiga binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, shuning uchun ham ular sudda ilgarigi koʻrsatuvlaridan bosh tortganlarida, sud ularning koʻrsatuvlariga, dastlabki tergov bosqichida qonunning qayd etilgan talablari ularga tushuntirilgan taqdirdagina, asoslanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ish boʻyicha hukm ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstlar toʻldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi toʻgʻrisidagi sudning xulosalariga zid boʻlgan dalillar hukmda nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan holda koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini fosh qiladigan, oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini ochib tashlashi va tegishli baho berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nechta sudlanuvchilarga tegishli ish boʻyicha yoki sudlanuvchi bir nechta jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan ish boʻyicha, sud hukmda har bir sudlanganga nisbatan har bir ayblov boʻyicha dalillar keltirishi va tekshirishi hamda xulosa qilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunga zid ravishda olingan barcha dalillar yuridik kuchga ega boʻlmasdan hukmga asos qilib olinishi mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin. Qonunga zid ravishda olingan dalillarga tergov olib borishning noqonuniy, ruhiy va jismoniy kuch ishlatish usullarini koʻllab olingan dalillar, shuningdek jinoyat-protsessual qonun boshqa normalarining buzilishi (masalan, himoya huquqining buzilishi) natijasida olingan dalillar kiradi. Dalil qonunga zid ravishda olingan deb topilgan taqdirda, sud ishdagi dalillar yigʻindisidan uni chiqarish toʻgʻrisidagi oʻzining qarorini, qonunning buzilishi nimadan iborat ekanligini koʻrsatgan holda, asoslantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalilni qonunga zid ravishda olingan deb baholashda sud dalilning haqqoniyligi va xolisligi toʻgʻrisidagi har qanday shubha, agar uni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligidan kelib chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda toʻplangan dalillarning yetarli emasligi, dalillar qonunga zid ravishda olinganligi sababli ular dalil sifatida tanilmaganligi yoki qoʻyilgan ayblovda sudlanuvchining aybdorligi toʻgʻrisidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yoʻqligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasi talabiga binoan sud insonning shaʼni va qadr qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, unga maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan maʼlumotlarni, agarda bunday maʼlumotlar ishdagi dalillarga oid boʻlmasa, hukmda koʻrsatishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 467-moddasi mazmuniga koʻra sud hukmning tavsif qismida ushbu ishda muhokama qilinmayotgan shaxs (shaxslar)ning jinoyatdagi ishtirokini koʻrsatishga haqli emas. Bunday hollarda hukmda sudlanuvchi tomonidan jinoyat boshqa shaxs (shaxslar) ishtirokida, uning ismi, familiyasi va shaxsiga oid boshqa maʼlumotlar koʻrsatilmasdan, sodir etilganligi qayd qilib oʻtilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu xildagi xatoga yoʻl qoʻyilib, u apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqich sudlari tomonidan tuzatilmagan taqdirda, bundan keyin bunday jinoyat qatnashchisiga nisbatan ishni koʻrayotgan sud birinchi hukmni aybdorlikni tasdiqlovchi dalil sifatida keltirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hukmning kirish, tavsif va qaror qismlarining mazmuni boʻyicha qonun talablariga rioya qilish asosli sud qarori chiqarilishining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksining 466-moddasiga binoan hukmning kirish qismida koʻrsatilishi zarur boʻlgan sudlanuvchi xususidagi boshqa maʼlumotlar deb — xususan jazo tayinlashda, jazoni oʻtash turini aniqlashda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishda inobatga olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar hisoblanishi lozimligi sudlarga tushuntirilsin. Bular qatorida sudlanuvchi salomatligining ahvoli toʻgʻrisidagi (masalan, nogironlik), unda davlat mukofotlari, maxsus unvonlarning borligi haqidagi maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin. Shaxsning muqaddam sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan boʻlsa, hukmning kirish qismida koʻrsatilishi kerak. JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar xoh ayblov, xoh oqlov hukmlari chiqarayotganlarida jinoiy hodisa yuz berganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining borligi, uning ushbu jinoyatni sodir etilishida aybdorligi kabi va JPK 457-moddasida koʻrsatilgan boshqa masalalarni hal qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuning bilan birga ayblov hukmining tavsif qismi mazmuni tartibga solingan JPK 467-moddasi talabiga koʻra, agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, hukmda jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining eʼlon qilingan ayblovga munosabati yoritilishi, oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlariga baho berilishi kerak. Sudlanuvchi tomonidan oʻzining surishtiruv va dastlabki tergovda bergan koʻrsatuvlarini oʻzgartirgan taqdirda sud uning bu va boshqa koʻrsatuvlarini batafsil tekshirishi va ularga ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar yigʻindisi bilan birgalikda baho berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanuvchining koʻrsatma berishdan bosh tortishi unga nisbatan jazo turini va miqdorini belgilashda javobgarligini ogʻirlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha ayblov hukmi chiqarilayotganda, ushbu ish boʻyicha chiqarilgan birinchi hukm tayinlangan jazo yengilligi yoki ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisida qonunni qoʻllash zarurligi sababli bekor qilingan boʻlsa, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchining aybini tasdiqlovchi dalillarni keltirmaydi, faqatgina JPK 414-moddasiga binoan jinoyatni tavsiflashga va jazo choralariga bogʻliq boʻlgan oʻzining xulosalarini asoslantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jinoyatni Jinoyat kodeksining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash boʻyicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanadi. Bunda aybdorning harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq koʻrsatilishi kerak. Sudlanuvchini jinoyatni baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon, ogʻir oqibatlar va b.q.)belgilarga qarab aybdor deb topganida, sud ushbu belgining jinoiy qilmishda boʻlishligiga olib kelgan asoslarni ham keltirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasiga binoan ayblovning oʻzgartirilishi sud tomonidan hukmning tavsif qismida asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud JPK 415-moddasiga binoan ayblovni oʻzgartirishga va sudlanuvchining harakatini qonunning boshqa moddasiga yoki qonun moddasining boshqa qismi, bandiga qayta tavsiflashga, shuningdek jinoyatning ayrim epizodlarini, agar sudlanuvchi qonunning yangi moddasi bilan tavsiflanayotgan harakatlari uning aybiga kirgan boʻlib, eʼlon qilingan ayblovga nisbatan faktik holatlari bilan jiddiy farq qilmagan va ogʻirroq jinoyat belgilari boʻlmagan taqdirdagina, sudlanuvchiga ayb eʼlon qilinmagan qonun moddasi bilan tavsiflashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻirroq ayblov deganda ogʻirroq jazo chorasini koʻzlovchi boshqa qonun normasi (qonun moddasining qismi va bandi) tatbiq etilishini, bu esa nafaqat asosiy, balki qoʻshimcha jazoga ham tegishli ekanligini sudlar eʼtiborga olishlari kerak. Jinoyatning tavsifini ogʻirroq jazo turini nazarda tutuvchi qonunga oʻzgartirishga olib keluvchi yoki sodir etilgan harakatning tavsifini oʻzgartirmasdan faktik ayblov miqdorini koʻpaytiruvchi, ayblanuvchiga qoʻyilmagan qoʻshimcha epizodlarni oʻz ichiga oluvchi ayblov ham ogʻirroq ayblov hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblovning haqiqiy holatlari oʻzgartirilib, yaʼni ayblov ifodasi oʻzgarilib, unga ilgari eʼlon qilingan jinoyatdan obyekti, ayb formasi va boshqa belgilari bilan farq qiluvchi boshqa qilmish yoki jinoyat qoʻshilganda ayblovning ilgari eʼlon qilingan ayblovdan jiddiy farqlanishi tushunilmogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan kelib chiqib, masalan, sud aybdorning JK 97-moddasi 2-qismining bir bandidan ikkinchi bandiga, agarda bu qasddan odam oʻldirish sabablarini hisobga olgan holda ayblov mazmunining buzilishiga olib kelsa, jinoyat ishini qayta tergovga yubormasdan turib oʻzgartirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Eʼlon qilingan ayblovning (ayblov epizodlarining) qismi sudda oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda, ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining eʼlon qilingan ayblov qismi boʻyicha oqlanishining sabablari keltiriladi. Hukmning qaror qismida, sud shaxsni eʼlon qilingan ayblov qismi (epizodlari) boʻyicha oqlash toʻgʻrisida qarorni qonunning aniq normalariga asoslangan holda chiqaradi. Jinoyatning tavsifini oʻzgartirishga olib kelmaydigan ayrim epizodlarning yoki ayrim ogʻirlashtiruvchi holatlarga koʻrsatmalarning, shuningdek, aybdorning shaxsini salbiy baholovchi maʼlumotlarning ayblovdan chiqarib tashlangani taqdirda, sud hukmning tavsif qismida ayblovning qismini asoslantirilmagan deb topish toʻgʻrisida tegishli asoslar keltirgan holda xulosa qilishi kifoyadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bir jinoyat, jinoyat qonunining bir necha moddalari bilan xato tavsiflanganda yoki bir necha sodir etilgan jinoyatlarini jinoyat qonunining ogʻirroq jazoni taqozo qiluvchi birgina moddasi bilan tavsiflash oʻrniga asossiz ravishda jinoyat qonuni bir moddasining bir necha qismlari bilan tavsiflanganda, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchiga xato qoʻyilgan jinoyat qonunining moddasi (moddasi qismi)ni chiqarib tashlash toʻgʻrisida ham tegishli asoslar keltirgan holda koʻrsatib oʻtishi yetarlidir, hukmning qaror qismida takrorlashi shart emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarning eʼtibori, hukm chiqarishda ularning jazo tayinlashning umumiy asoslari toʻgʻrisidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya qilish shartligiga, jinoyat qonunining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik tamoyili ekanligiga va uning mazmuniga koʻra jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerakligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tamoyilga binoan jazolashdan koʻzlangan maqsadga yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Sudlar jazo tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, sodir etilgan qilmishning sabablarini, keltirilgan zararning miqdori va xususiyati, aybdorning shaxsi, uning javobgarligini yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga olishlari kerak. Bulardan kelib chiqib, sudlanuvchining javobgarligi darajasi xususiyatiga qanday holatlar taʼsir etganligi, shuningdek, uning shaxsini tavsiflovchi sud muhokamasida tasdiqlangan va JK 54-moddasiga binoan jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olingan boshqa holatlarni hukmda koʻrsatib oʻtish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazo tayinlashning umumiy asoslari toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllayotib, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qaroridagi tushuntirishlarga amal qilishlari va hukmning tavsif qismida sud tomonidan u yoki bu jazoni tayinlash haqidagi xulosaga kelganlik asoslarini koʻrsatishlari, shuningdek, ushbu jinoyat uchun jinoyat qonunida koʻrsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash, qoʻshimcha jazoni tatbiq etish, harbiy hamda maxsus unvondan mahrum qilish asoslarini koʻrsatishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 56-moddasida sanab oʻtilgan jazoni ogʻirlashtiradigan holatlar roʻyxati qatʼiy boʻlib, kengaytirilgan talqinga yoʻl qoʻyilmaydi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar esa sud tomonidan aniq ish holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif qismida asoslar keltirilgan holda kengaytirilishi mumkin. Jinoyatni tavsiflash belgilari, shuningdek, shaxsning sudlanganlik holatini qonunda koʻrsatilgan tartibda tugallanishi yoki olib tashlanishi jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar sifatida keltirilmasligi kerak. Hukmda aybdorning birgina shaxsini inobatga olgan holda jazo tayinlanganligi toʻgʻrisida qayd etish yetarli boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsiflash belgisi hisoblanadi va bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganida koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida oʻz aksini topishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agarda Jinoyat kodeksi moddasi (moddalari)ning sanksiyasi majburiy qoʻshimcha jazoni koʻzda tutgan boʻlsa, sud tomonidan u faqat JKning 57-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qoʻllanmasligi mumkin. Agarda qoʻshimcha jazo muqobil tarzda koʻzda tutilgan boʻlib, sud uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida xulosaga kelgan boʻlsa, hukmning tavsif qismida buni asoslantirishga majbur. Bu holat alkogolik va giyohvand deb topilgan aybdorlarga nisbatan sud tomonidan majburiy davolash chorasini qoʻllashni rad etgan holatlarga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukmning tavsif qismida undirilishi lozim boʻlgan moddiy zararni qoplash miqdori, daʼvoni qanoatlantirish yoki rad etish, aybdorni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisida ham asoslantirilgan xulosalar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ayblov hukmining qaror qismida JPK 468-moddasiga binoan sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, Jinoyat kodeksining uni aybli deb eʼtirof etishga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa), sudlanuvchiga har bir jinoyat uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori, uzil-kesil tayinlangan oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi, ozodlikdan mahrum etish jazo turi qoʻllanilganda jazoni oʻtash lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi; sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilinganda, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa va shaxs; ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan vaqtni jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisida qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga oid qaror; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, JPK 533-moddasi asoslari boʻyicha hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror yoritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari hukmning qaror qismida mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllashlik, qonunning tegishli normalariga binoan mahkumni jazodan ozod etish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatilmogʻi zarur. Ayrim jinoyatlar uchun qonun moddasida nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlashda, hukmning qaror qismida ushbu jazo JKning tegishli moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan JK 57-moddasini qoʻllagan holda belgilanayotgani toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanganga jazoni oʻtash koloniya turi jinoyatlar majmui boʻyicha uzil-kesil jazo belgilangandan keyingina tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning voyaga etmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmi chiqarish bilan bir vaqtda JPK 476-moddasiga muvofiq ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning, muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat-protsessual kodeksining 471-moddasiga koʻra ham ayblov, ham oqlov hukmining qaror qismida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi qaror; ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar, protsessual chiqimlar, shuningdek, hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berish hamda apellyatsiya protesti bildirish tartibi va muddati toʻgʻrisida qaror boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jinoyat kodeksining 70 va 71-moddalariga binoan ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, yoki u qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan deb topilsa, sud hukmning tavsif qismida qabul qilingan qarorni aniq holatlarni keltirgan holda asoslantirishi, qaror qismida esa sudlanuvchini aybdor deb topishi va qonun talabiga koʻra unga jazo tayinlanmasligini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlar oqlov hukmini chiqarishga olib keluvchi, jinoiy hodisaning yoki jinoyat tarkibining boʻlmasligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor emasligi toʻgʻrisidagi asoslar roʻyxati Jinoyat-protsessual kodeksining 464-moddasida toʻliq koʻrsatilganligini eʼtiborga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqlov hukmi chiqarilayotganda uning tavsif qismida JPKning 469-moddasiga binoan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari, sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonchga sazovor emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqlov hukmiga oqlanganning aybdor emasligiga shubha tugʻdiruvchi iboralarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti Jinoyat kodeksining bir yoki bir necha moddalari (moddalar qismlari, bandlari) bilan tavsiflangan bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganda, sud hukmning tavsif qismida har bir modda (moddaning qismi, bandi, ayblov epizodi) boʻyicha oqlashning tegishli asoslarini koʻrsatib, ayblovning asossiz ekanligi toʻgʻrisida asoslar keltirilgan holda xulosani tuzishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukmning qaror qismida JPK 470-moddasida sanab oʻtilgan barcha koʻrsatmalar toʻligʻicha yoritilishi lozim. Bundan tashqari oqlanganga qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararlarni qoplash boʻyicha uning huquqlari tushuntirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyat sodir etilishiga daxldor boʻlmaganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda sud fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad qiladi. Sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmaganligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jinoyat-protsessual kodeksining 465-moddasiga muvofiq ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi. Hukmda noaniq iboralarni ishlatish, rasmiy hujjatlarda ishlatish qabul qilinmagan qisqartirish va soʻzlarni qoʻllashga, shuningdek, ishga oid boʻlmagan holatlarni yoritish bilan hukmni ortiqcha toʻldirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hollarda hukm oshkora eʼlon qilinishini hisobga olgan holda, sud hukmni tuzayotgan vaqtda, qurol, giyoxvandlik vositalari va portlovchi moddalarni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etish usullarini batafsil yoritish bilan birga fuqarolarning shaxsiy maʼnaviy hayotiga putur yetkazuvchi iboralarni ishlatish mumkin emasligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukmga kiritilgan barcha tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va izohlar sudning barcha tarkibi bilan imzolanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1983-yil 8-avgustdagi “SSSR Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 1969-yil 30-iyundagi qarorining Oʻzbekiston SSR sudlari tomonidan bajarilishining borishi haqida”gi 15-sonli qarori barcha oʻzgartirishlar bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 2-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son