OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
FOND DOʻKONLARINI TAShKIL QILISh, ULAR TOMONIDAN QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITIMLAR TUZISh VA ROʻYXATGA OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 4-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 278-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) 63-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1996-yil 27-avgustda tasdiqlangan “Fond doʻkonlarini tashkil qilish, ular tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (1996-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 278) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-dekabr,
01/23-18/21-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 1-2-son, 6-modda)