31.12.2008 yildagi O‘RQ-198-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni , 31.12.2008 yildagi O‘RQ-198-son
Date of entry into force
01.01.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ADVOKATURA INSTITUTI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 19-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar) 240-moddasining ikkinchi qismi “yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun” degan soʻzlardan keyin “shuningdek guvoh oʻziga qarshi koʻrsatuv berishni rad etganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 49-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 50-modda uchinchi qismining birinchi jumlasidagi “advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yohud ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran toʻrt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini taʼminlashi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 52-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda advokat” degan soʻzlardan keyin “oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 53-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar toʻgʻrisida bilish hamda ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda boʻlsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 55-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish” degan soʻzlar “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 57-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish” degan soʻzlar “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 59-moddaning birinchi qismidagi “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish” degan soʻzlar “dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; oʻziga qarshi koʻrsatuv bermaslik; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) quyidagi mazmundagi 661-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“661-modda. Guvohning advokati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 87-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Himoyachining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq toʻplangan materiallarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan albatta qanoatlantirilishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 95-moddaning uchinchi qismi “Kodeksning” degan soʻzdan keyin “88, 90” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 114-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soʻroqqa oʻz advokati bilan hozir boʻlgan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. Soʻroq tugaganidan soʻng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 224-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita koʻrib yoki boshqa shohidlarning soʻzlaridan aniqlasa, gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini bildirishlari va undan yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart. Shu bilan birga, ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi shart. Bunda ushlayotgan shaxs oʻzini tanishtirishi va ushlanayotgan shaxsning talabiga koʻra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 225-modda toʻrtinchi qismining birinchi jumlasi “tushuntiriladi” degan soʻzdan keyin “va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 230-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi soʻroqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qoʻllanilishi lozim boʻlgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ushlab turish toʻgʻrisidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida boʻlsa, faqat oʻsha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) 353-moddaning birinchi qismidagi “238” raqami “239” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 384-moddaning 10-bandi “barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 1971-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1971-modda. Advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat soʻroviga javob taqdim etmaslikda ifodalangan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 245-moddaning birinchi qismi “197” raqamidan keyin “1971” raqami bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3-modda. Advokat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat ilmiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 31-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31-modda. Advokat maqomiga ega boʻlish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida olti oy muddat stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida bir yildan keyin qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran advokat Advokatlar palatasining aʼzosi boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokatura oʻz faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki aʼzolikka asoslangan advokatlar hayʼatini tuzishga yoxud faoliyat koʻrsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat oʻz faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablagʻlarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), taʼsis shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari ular roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Yuridik maslahatxona hisobga olingan kundan eʼtiboran oʻz faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminot oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar qonunda belgilangan tartibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 41 — 44-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41-modda. Advokatlik byurosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik byurosining taʼsis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Advokatlik firmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik firmasining taʼsis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik firmasini taʼsis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda oʻzaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga koʻra advokatlar — sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari koʻrsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklardan biri boʻlgan advokatning maqomi tugatilganda yoki toʻxtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklardan birining talabiga koʻra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan eʼtiboran uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchi shaxslarga (himoya ostidagi shaxslarga) va uchinchi shaxslarga nisbatan ijro etilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklardan biri sheriklik shartnomasidan chiqqanda u oʻzi yuridik yordam koʻrsatgan barcha ishlar boʻyicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasidan chiqqan advokat sheriklik shartnomasida oʻzi ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar boʻyicha ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasi tugatilganidan keyin advokatlar yangi sheriklik shartnomasini tuzishlari shart. Agar yangi sheriklik shartnomasi avvalgi sheriklik shartnomasining amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida tuzilmasa, advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan eʼtiboran va advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilguniga qadar yoxud yangi sheriklik shartnomasi tuzilguniga qadar advokatlar yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida bitimlar (shartnomalar) tuzishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Advokatlar hayʼati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar hayʼati aʼzolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis shartnomasida muassislar advokatlar hayʼatiga oʻz mol-mulkini oʻtkazish shartlarini, ushbu hayʼat faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hayʼatiga yangi aʼzolarni qabul qilish, muassislarning (aʼzolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hayʼati muassislarining (aʼzolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar hayʼatlari tarkibidagi aʼzolar soni oʻntadan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar hayʼatida yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladi hamda advokatlar hayʼatining hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar hayʼati yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻzi turgan erdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Yuridik maslahatxona
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik maslahatxona — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik maslahatxona tegishli hududda yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli boʻlmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli hududlardagi yuridik yordamga boʻlgan ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik maslahatxonaning moddiy-texnika taʼminoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun xizmat xonalari va zarurat boʻlganda, turar joylar ajratish bilan bogʻliq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishi shart boʻlgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning maʼlumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga taalluqli axborotdan xabardor boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻplangan materiallarni oʻz ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat yuridik yordam koʻrsatayotgan ishdagi zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik taʼminlangan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida), uchrashuvlarning soni va ularning davom etish vaqti cheklanmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoli uchrashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sugʻurta qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni bajarish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi “yordamchiga” degan soʻzdan keyin “va stajorga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokat oʻz professional faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni dastlabki tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor boʻlsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirigʻini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻzi ozod etmasa, haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 8-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“81-modda. Advokatning stajori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajorga ega boʻlishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs advokatning stajori boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajori boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi. Advokatning stajori oʻz faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shugʻullanishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat stajorining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “mijoz” degan soʻz “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi “advokat yordamchisi” degan soʻzlardan keyin “advokat stajori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“91-modda. Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat oʻrtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam koʻrsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qatʼi nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qatʼi nazar, tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida oʻz zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqning predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq toʻlash shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqni bajarishni oʻz zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga toʻlanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan haq toʻlanadi. Mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning taʼminoti uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “mijoz” degan soʻz “ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) quyidagi mazmundagi 121 — 124-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“121-modda. Advokatlar palatasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy aʼzoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi advokatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga oʻxshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari boʻyicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122-modda. Advokatlar palatasining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obroʻ-eʼtiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonun hujjatlari normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga doir takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq taʼqiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124-modda. Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs boʻlib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega boʻlgan shaxslarga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyalari Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“131-modda. Advokat maqomini toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat maqomini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni oʻtash davriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlmasa, — tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki oʻzgartirilguniga qadar boʻlgan davrga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar boʻlgan davrga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik maqomini toʻxtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran advokat maqomi toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻxtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining toʻxtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat maqomining toʻxtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 14 — 16-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy ish yuritish Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yoki advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan koʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga muvofiq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilariga muvofiq).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar talabgor litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 31-moddasining oltinchi qismida va 131-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga koʻra ham tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokat maqomining tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining oʻninchi va oʻn birinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
order shaklini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda) 10-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10-modda. Yuridik yordam olish huquqini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatidan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 721-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 12-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qatʼiy rioya etish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismi toʻrtinchi xatboshisidagi “vakolat beruvchining, oʻz himoyasidagi shaxsning” degan soʻzlar “ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “yoki qamoqqa olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “uning yordamchisidan” degan soʻzlar “uning yordamchisidan va stajoridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa toʻsiqlar vujudga keltirish man etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “vakolat beruvchining yoxud oʻz himoyasidagi shaxsning” degan soʻzlar “ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10-modda. Advokatning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “respublika advokatlar jamoat birlashmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini olti oy ichida ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarida advokat boʻlib ishlamayotgan shaxslar tomonidan olingan litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-198-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 514-modda)