Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI (ASOSIY QONUNI)NING 107-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning 107-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun loyihalari taqdim etish huquqiga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ham ega”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
433-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 47-modda)