Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.04.2008 yildagi PF-3983-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.04.2008 yildagi PF-3983-son
Date of entry into force
01.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ BADIIY HUNARMANDChILIGI VA AMALIY SANʼATINI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, ayniqsa yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼati buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan 2010-yilning 1-apreligacha ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli Farmoni 2-bandidagi birinchi va uchinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2008-yil 1-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3983-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 96-modda)