Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001 15.02.1991 yildagi 229-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.02.1991 yildagi 229-XII-son
Date of entry into force
02.03.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI KORXONALAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun foyda (daromad) olishni koʻzlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, ularning huquqlari va masʼuliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga solib turadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi aʼzolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini taʼminlash yoʻli bilan erishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxona xoʻjalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qoʻyilgan boʻlmasa va korxona Ustavida koʻzda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
(1-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Korxonaning turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar;
(2-modda 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qoʻshma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, toʻliq yoki hissabay yoʻsinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar;
(2-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki oʻrta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin, bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining oʻziga xos jihatlari, maqomi, ularni roʻyxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
(2-modda 2-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida korxonalarning respublika qonun hujjatlariga zid boʻlmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Korxonalarning xoʻjalik uyushmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, oʻz huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xoʻjalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida oʻzga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalarni barpo etish Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Koʻngilli xoʻjalik uyushmalari davlat roʻyxatidan oʻtishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi.
(3-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Uyushma, birlashma uni taʼsis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar oʻz mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uyushma, birlashma oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, korxonalar esa, taʼsis shartnomasi (ustavda) oʻzga holat koʻzda tutilgan boʻlmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xoʻjalik sudining qaroriga binoan tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari oʻrtasida taqsimlanadi.
(3-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Korxona toʻgʻrisidagi qonunlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish va ularning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
(4-modda 1-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, ularni qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Faoliyati ishni tashkil etishga va uning xavfsizligiga oshirilgan talablar qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan, texnologiya jarayonlari uzluksiz davom etadigan, shuningdek boshqaruv vazifalarini markazlashtirish zarurati bilan bogʻliq boʻlgan korxonalarning ayrim turlari uchun ushbu Qonunni qoʻllash xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(4-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining toʻliq yoki hissabay mulki boʻlgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qoʻshma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qoʻyiladi.
(4-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOʻLIM. KORXONANI BARPO ETISh VA UNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Korxonani barpo etishning umumiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona mol-mulk egasi (egalari) yoki u (ular) vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, yo boʻlmasa taʼsis etuvchilar guruhi va ayrim taʼsis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda barpo etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmaning shu boʻlinma (boʻlinmalar) mehnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun korxona mol-mulki egasining (u vakil qilgan idora, korxona va tashkilotning) roziligi boʻlsa va korxona ilgari oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi taʼminlansa, tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonani barpo etish va uning faoliyati uchun yer uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan hollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani davlat hokimiyatining tegishli idorasi, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangʻich tashkilot tomonidan ham beriladi. Yer uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(5-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona davlat roʻyxatidan korxona joylashgan erdagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida, basharti Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻtkaziladi. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registriga kiritish uchun oʻn kunlik muddat ichida statistika organlariga xabar qilinadi.
(6-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadi.
(6-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonani barpo etishning SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibi buzilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga koʻra korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Korxonani barpo etish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxona belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlmasa yoki taʼsis etuvchi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud korxonani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu hol davlat hokimiyatining korxonani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etgan idorasini moddiy javobgarlikka tortishga (sud chiqimlaridan tashqari) sabab boʻladi. Moddiy javobgarlikning miqdori xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda undirib olinadi.
(6-modda 3-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun undan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan miqdorda haq olinadi. Olingan mablagʻ davlat hokimiyatining korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi idorasi budjeti hisobiga oʻtkaziladi.
(6-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatga olish yigʻimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi.
(6-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar barpo etish va bu korxonalarning ustavlarini tasdiqlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona, shuningdek joriy va hisob-kitob schyotlari ochish huquqiga ega boʻlgan shuʼbalar, vakolatxonalar, boʻlimlar va boshqa alohida boʻlinmalar barpo etish hamda ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bunday korxonalar va boʻlinmalarni joylashtirish masalasi davlat hokimiyatining tegishli mahalliy idoralari bilan amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda kelishib olinadi.
(7-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Faoliyat turlariga litsenziya olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Litsenziya olinishi kerak boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun korxona zarur litsenziyani olishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonaning litsenziya olinishi kerak boʻlgan faoliyatiga ruxsat berish va bunday ruxsatni haqiqiy emas deb topish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(8-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Korxona ustavi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani taʼsis etuvchi (taʼsis etuvchilar) tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qoʻyiladi: korxonaning nomi, uning qayerda joylashganligi (pochta manzili), faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish shartlari.
(9-modda 2-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan oʻzga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalarning ustav bilan boshqarilmaydigan barcha munosabatlari ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
(9-modda 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOʻLIM. KORXONA MOL-MULKINING EGASI
(III-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Korxona mol-mulkining egasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning egasi (egalari) oʻz mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni qilishga haqli. Ular mol-mulkidan qonunda taqiqlab qoʻyilmagan har qanday xoʻjalik faoliyatini yoki oʻzga faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Davlat korxona egasining mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) oʻzining (oʻzlarining) mulkchilik huquqini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar asosida va shu shartlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan ularning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga haqlidir.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Mol-mulkni tashkil etish va undan foydalanish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Asosiy fondlar va oborot mablagʻlari, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etadigan boshqa boyliklar korxona mulkini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va korxona ustaviga muvofiq korxonaning mol-mulki mulkchilik huquqi yoki toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishli boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital mablagʻ va budjetdan dotatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayirboshlash va sovgʻa qilish yoʻli bilan oladigan daromadlari;
(11-modda 3-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan oʻzga manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar oʻziga qarashli mol-mulkni boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotish hamda topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish uchun bepul berish yoki qarzga berishga, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va korxona ustavida oʻzga hollar koʻzda tutilgan boʻlmasa, ularni balans hisobidan chiqarishga haqlidir.
(11-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxona mol-mulkining egasi (egalari) yoki u (ular) vakolat bergan idoralar, basharti qonun hujjatlarida va ustavda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni sotish, bepul topshirish, ijaraga berishga haqlidir, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning mulki boʻla olmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan ishlab chiqarish vositalari va oʻzga moddiy boyliklar bundan mustasno.
(11-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Tabiat resurslariga egalik qilish va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona belgilangan tartibda haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qiladi va ulardan foydalanadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona oʻz ishlab chiqarishining tabiiy muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishga va bu taʼsirning oʻrnini qoplashga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirishi shart. Bunday tadbirlar oʻz mablagʻlari yoki oʻzga manbalar hisobidan pul bilan taʼminlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻlarini jalb etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qogʻozlar chiqarish hamda sotish yoʻli bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb etish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonaning qimmatli qogʻozlar chiqarish va sotish tartibini, ularning turlari hamda bunday qimmatli qogʻoz egalarining huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari belgilaydi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuning 13 va 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablagʻlarni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xoʻjalik sudi qaroriga koʻra korxonaga toʻlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOʻLIM. KORXONANI BOShQARISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Korxonani boshqarishni tashkil etishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona oʻz ustaviga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoki oʻzi vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Mulkdor yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti yoxud u vakolat bergan idoralar ana shu huquqlarni korxona kengashiga (idorasiga) yo boʻlmasa korxona ustavida koʻzda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va boʻshatish korxona mol-mulki egasining huquqi boʻlib, bu huquqni u bevosita, shuningdek oʻzi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi.
(15-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Korxonaning rahbari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona rahbari lavozimiga yollash (tayinlash, saylash) chogʻida nomzod shaxs bilan bitim (shartnoma, kelishuv) tuziladi, unda korxona rahbarining huquqlari, vazifalari va masʼuliyati, uning moddiy taʼminoti hamda egallab turgan lavozimidan boʻshatish shartlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan kafolatlarni hisobga olgan holda belgilab qoʻyiladi.
(16-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bogʻliq masalalarni mustaqil hal qiladi, ushbu Qonunda mehnat jamoasi va korxona kengashi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning mutlaq vakolatiga topshirilgan masalalar bundan mustasno, korxona nomidan ishonch qogʻozisiz ish olib boradi, respublikadagi va boshqa davlatlardagi barcha korxonalarda, firmalar va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonch qogʻozlari beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlar ochadi, mablagʻlarni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, maʼmuriyatning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
(16-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxona rahbari oʻz oʻrinbosarlarini, boshqaruv apparati rahbarlarini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini mustaqil tayinlaydi va ishdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona rahbari shartnomada yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan asoslarga muvofiq shartnoma muddati tugamay turib, egallab turgan lavozimidan boʻshatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Korxona kengashi (boshqaruvi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona kengashi (boshqaruvi) mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi oʻz vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi.
(17-modda 1-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida oʻzga hollar koʻzda tutilgan boʻlmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi subyekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qoʻyiladigan vakillar soni baravar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilab qoʻyiladi.
(17-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOʻLIM. KORXONA XOʻJALIK FAOLIYATINING ASOSLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Korxona oladigan foyda (daromad)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hamma turdagi korxonalarda xoʻjalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy koʻrsatkich foydadir (daromaddir).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Soliqlarni va budjetga boshqa toʻlovlarni toʻlashdan keyin korxonada qolgan foyda (daromad) (sof foyda) toʻla-toʻkis uning tasarrufiga oʻtadi va qonunlarda nazarda tutilganidan boʻlak hollarda tortib olinmaydi. Korxona, agar ustavda oʻzga hol koʻzda tutilgan boʻlmasa, sof foydani (daromadni) qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida koʻzda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi aʼzolariga mulk qilib topshiriladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Korxona xodimining mehnat daromadlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona turidan qatʼi nazar, har bir xodimning mehnat daromadlari korxona ishining pirovard natijalari hisobga olinib, xodimning mehnatga qoʻshgan shaxsiy ulushi bilan belgilanadi, soliqlar bilan tartibga solinadi va eng koʻp miqdori cheklab qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Barcha turdagi korxonalar xodimlari mehnat haqining eng kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
(19-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mehnatga haq toʻlashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Korxona faoliyatini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, koʻrsatilayotgan xizmatga boʻlgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan xoʻjalik munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik faoliyatining barcha sohalarida korxonaning boshqa korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari shartnoma negiziga quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonalar nima haqda shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, oʻzaro xoʻjalik munosabatlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda erkindir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxona oʻz mahsuloti va mol-mulkini, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasa, oʻz xohishiga koʻra sotadi, shuningdek oʻz xohishi bilan xizmatlar koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona isteʼmolchining manfaatlarini hamda uning mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatiga qoʻyadigan talablarini hisobga oladi. Isteʼmolchining manfaatlari va huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin realizatsiya qilish taqiqlab yoki cheklab qoʻyilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunning 19, 20 va 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni taʼminlash va mahsulotni sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini oʻrganish, narx-navoning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot asosida oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va oʻz ishlab chiqarishining taʼminotini mustaqil amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bozorga oʻtish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Narx-navo va narx belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona oʻz mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeyini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Moliya va kredit munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi aʼzolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va oʻzga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir.
(24-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonalar oʻz hisob-kitob va kassa xizmati uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitta yoki bir nechta bankda milliy va chet el valyutalarida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.
(24-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar, ish haqi berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni qondirish, shuningdek bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish fuqarolik qonun hujjatlari boʻyicha hisob-kitoblarning qolgan turlari korxona tomonidan kalendar tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxona xaridor (isteʼmolchi) ga qarzga olingan mablagʻ uchun foyda toʻlash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat koʻrsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xoʻjalik oborotida vekselni qoʻllashi mumkin. Korxona foiz toʻlash sharti bilan boshqa korxonalarga yoki banklarga kredit berishi mumkin.
(24-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun toʻla javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan oʻz majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga taʼsir oʻtkazish choralari va ularni qoʻllash tartibi banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Kapital qurilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari boʻyicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qoʻyilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni oʻzi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga oʻtkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona oʻz valyuta mablagʻi hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan soʻng respublika budjetlariga va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika budjetlariga va mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablagʻini qonunlarda nazarda tutilganidan boʻlak hollarda oʻzga yoʻl bilan tortib olish taqiqlanadi.
(26-modda 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunining 19, 22 va 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOʻLIM. KORXONANING IJTIMOIY KAFOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Korxonaning ijtimoiy faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, shu jumladan mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining uzunligi masalalari, mehnat jamoasi aʼzolari va ular oilalarining dam olish, turmush sharoitlarini va sihat-salomatligini yaxshilash masalalari, korxonaning isteʼmol fondi hisobidan amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sugʻurta kafolatlari masalalari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan korxonalar maʼmuriyati ishtirokida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga hamda aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish fondiga pul oʻtkazishi shart.
(27-moddaning 1-bandi ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona bu erda ishlovchi barcha xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga majbur boʻlib, ularning salomatligiga va mehnat qobiliyatiga yetkazilgan zarar uchun qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Pensiyaga chiqqunga qadar korxonada mehnat qilgan pensionerlar tibbiy xizmat, uy-joy bilan taʼminlanish, sogʻlomlashtirish va profilaktika muassasalariga yoʻllanmalar olish borasida korxonadagi mavjud imkoniyatlardan, shuningdek jamoaning umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) qaroriga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan uning xodimlari bilan baravar foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona xotin-qizlarining mehnat va turmush sharoitini muntazam yaxshilashga, yosh bolali ayollarni ish kuni qisqartirilgan asosan kunduzgi ish bilan taʼminlashga, homilador ayollarni mehnat sharoiti zararsiz yengilroq ishga oʻtkazishga, shuningdek, ayollarga qonunlarda koʻzda tutilgan boshqa imtiyozlarni berishga majburdir. Mehnat sharoiti zararli boʻlgan korxona mehnat jamoasining roziligi bilan xotin-qizlarga yengilroq ish berish uchun sexlar, uchastkalar barpo etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxona mehnat jamoasiga xizmat qiladigan va uning tarkibiga kirmaydigan tibbiy muassasalar xodimlarini, bolalar, madaniy-maʼrifiy, sogʻlomlashtirish, oʻquv va sport muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqarolarning, xalq deputatlarining korxonaga iltimoslari va murojaatlariga doir masalalarni koʻrib chiqish va hal etish faqat korxona maʼmuriyatining vazifasi boʻlib, bu ish fuqarolarning oʻz zimmasiga yuklab qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Korxonaning mehnat jamoasi, uning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi (bitimi, kelishuvi), shuningdek xodimning korxona bilan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa shakllar asosida qatnashuvchi barcha fuqarolar shu korxonaning mehnat jamoasini tashkil etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mehnat jamoasining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, korxonani barpo etish toʻgʻrisidagi taʼsis hujjatlari, korxona ustavi, korxona maʼmuriyati (mol-mulki egasi) bilan mehnat jamoasi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan belgilab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yigʻilish (konferensiya)dir.
(28-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Korxona mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona mol-mulkini sotib olish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona maʼmuriyati bilan jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, bunday shartnoma (bitim) loyihasini koʻrib chiqadi va uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoki boshqa organlarga vakolat beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona kengashiga (boshqaruviga) vakillar saylaydi (ularni chaqirib oladi), ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tinglaydi;
(29-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlari uchun qoʻshimcha taʼtillar, qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan hamda isteʼmolga sarflanadigan mablagʻlar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi.
(29-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Jamoa shartnomasi (bitimi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa shartnomasi (bitimi) hamma turdagi korxonalarda tuzilishi mumkin va u Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonadagi ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa aʼzolarining salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chogʻida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BOʻLIM. KORXONA VA DAVLAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona xoʻjalik faoliyatini va oʻzga faoliyatni amalga oshirish chogʻida oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning xoʻjalik faoliyati va oʻzga faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chogʻida va oʻzlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat idoralari va oʻzga idoralar va mansabdor shaxslar oʻzlarining qonunlarda belgilab qoʻyilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga koʻrsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki oʻzga idoralar oʻz vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza bilan sud yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki oʻzga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari koʻrsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda koʻzda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan toʻlanishi kerak. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolarni xoʻjalik sudi oʻz vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi.
(31-modda 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Korxona xoʻjalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat bozorni rivojlantirishga koʻmaklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatchining obroʻsini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va taʼminot bozorlarini boʻlib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar oʻrtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini taʼminlaydi, isteʼmolchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xoʻjalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm koʻrinishlaridan muhofaza qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxona xoʻjalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni taʼriflaydigan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda markirovka qilinishi shart. Oʻzga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (oʻxshatishga) imkon beradigan har qanday maʼlumotlarni oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxona oʻz ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(33-modda 1-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib koʻrsatganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan intizomiy, maʼmuriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(33-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Korxonaning tijorat siri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hamda eʼlon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat siri boʻlmagan maʼlumotlar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi maʼlumot tijorat siri boʻla olmasa) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin boʻlgan boshqa salbiy faoliyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qoʻyadi.
(34-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunining 34 va 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxonaning tijorat siri boʻlgan maʼlumotlarni eʼlon qilganlik, bunday maʼlumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Korxonaning masʼuliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qoʻyiladigan talablarni, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilganidek toʻla mulkiy javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli taʼsirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot isteʼmol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima toʻlashi shart.
(35-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Korxona faoliyatini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati korxona mol-mulki egasining tashabbusiga binoan taftish qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonalar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan soliq va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda toʻlovchi, boshqa norma va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega boʻlgan korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar faoliyatini tekshirishdan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kichik va oʻrta biznes korxonalarining, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzolarining faoliyatini tekshirishlar Palata yuridik xizmatlari va hududiy tuzilmalarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonalarni ularning xoʻjalik faoliyatini taftish qilish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tekshirishlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi tasdiqlagan rejalar asosida tegishli nazorat qiluvchi (yongʻinga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida; bir yoʻla oʻtkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish xarajatlari shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Korxonaning davlat hokimiyati mahalliy idoralari bilan munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonaning davlat boshqaruvi idoralari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari bilan oʻzaro munosabatlari ushbu Qonunga hamda ana shu idoralarining vakolatlarini belgilab beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining hududni kompleks iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan ishlarda ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona davlat hokimiyati mahalliy idorasining yoki boshqa vakolatli davlat idoralarining qarori bilan shu idoralar mablagʻlari hisobidan mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ish joylarini barpo etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat hokimiyatining mahalliy idoralari korxonaga qarashli uy-joy va ishlab chiqarish maydonini ayrim obyektlarini tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII BOʻLIM. KORXONANI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qoʻshish, boʻlib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolatli boʻlgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki xoʻjalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida oʻz ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, belgilangan tartibda tugatilishi lozim. Shu bilan birga oʻz ustav fondini belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan darajada kamaytirishi yoki oʻzi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
(38-modda 1-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chogʻida ishdan boʻshatilayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Korxona davlat roʻyxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxona boshqa korxona bilan qoʻshilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qoʻshilish natijasida vujudga kelgan korxonaga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qoʻshilishi chogʻida uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qoʻshib olgan korxonaga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxona boʻlib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu boʻlib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga boʻlib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chogʻida qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari boʻlib yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib oʻzgartirish chogʻida avvalgi korxonaning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Tugatish komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonani tugatish mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xoʻjalik sudi xoʻjalik yuritish subyektining bankrot boʻlganligi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, tugatish komissiyasini tuzish hamda uning ishlash tartibi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
(39-modda 1-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan korxona mol-mulki egasi, sud (xoʻjalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli boʻlgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek qarz berganlarning daʼvo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish eʼlon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
(39-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning daʼvolarini qabul qilish tartibi va muddati toʻgʻrisida eʼlon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu eʼlon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganidan xabardor qilib, ularning daʼvolarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni korxona mol-mulki egasiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi oʻz aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xoʻjalik sudi belgilaydi.
(39-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Qarz berganlarning daʼvolarini qondirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning daʼvolari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda budjet oldidagi qarzlar qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida boʻlgan yerlarni qaytadan tiklash xarajatlari qoplanadi. “Bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektining kreditorlar daʼvolarini qanoatlantirish hamda mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”.
(40-modda 1-bandining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatning ijro muddatidan qatʼi nazar, undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish huquqini qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Daʼvo qilish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin aniqlangan va qilingan daʼvolar birinchi navbatdagi daʼvolar, aniqlangan daʼvolar, shuningdek, belgilangan muddatda maʼlum qilingan daʼvolar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan daʼvolar bekor qilingan deb hisoblanadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olinmagan daʼvolar ham, agar qarz beruvchilar daʼvoni toʻla yoki qisman tan olmaslik toʻgʻrisidagi xabarni olgan kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻz talablari qondirilishi toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga daʼvo qilmagan boʻlsalar, bekor qilingan deb hisoblanadi.
(40-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonani tugatish chogʻida fuqaroning shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yoxud oʻlimi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik toʻlovlarga pul ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonani tugatish chogʻida mehnat jamoasi aʼzosining qoʻshgan hissasi qarz berganlarning daʼvolari ustavda koʻzda tutilgan shartlar asosida va tartibda qondirilgandan soʻng unga pul shaklida yoki qimmatli qogʻozlar bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi aʼzolarining daʼvolari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning koʻrsatmasiga binoan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 78-modda; 1993-y., 6-son, 246-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 4-5-son, 126-modda; 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 9-son, 229-modda)