Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY BANKI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonun eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish yuzasidan Oliy Majlisga takliflar kiritsin;
Hukumatning qarorlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin.
3. Markaziy bank oʻzining normativ hujjatlarini, shuningdek tijorat banklarining ustavlari “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qayta koʻrib chiqishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 6-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining Nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil № 7 280-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil № 2 112-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
155-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 248-modda)