Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 09.12.1992 yildagi 739-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 09.12.1992 yildagi 739-XII-son
Date of entry into force
01.01.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI HAMDA “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. 1991-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda), Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi Qonuni bilan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 191-modda), 1991-yil 20-noyabrdagi Qonuni bilan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 49-modda), 1992-yil 14-yanvar va 2-iyuldagi qonunlar bilan kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-modda 1-bandining “r” bandchasidagi “soliq solinmaydigan minimumning bir yarim barobarigacha” degan soʻzlar “soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining bir yarim barobarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 3-modda 1-bandining “s” bandchasidagi “yiliga soliq solinmaydigan minimumning uch barobarigacha” degan soʻzlar “yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining uch barobarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 4-modda 1-bandining “a” bandchasi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan” degan soʻzlardan keyin “yillik” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Soliq solinadigan yillik daromadning miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)‎

Soliq summasi‎

ish haqi soliq solinmaydigan oylik minimumi 36 barobari miqdrigacha‎

14 foiz‎

ish haqi soliq solinmaydigan oylik minimumi 36 barobari (+1 soʻm) miqdoridan 48 barobari miqdorigacha‎

soliq solinmaydigan oylik minimumi 36 barobari miqdoridan olinadigan soliq + 36 barobaridan ortiq summaning 16 foizi‎

ish haqi soliq solinmaydigan oylik minimumi 48 barobari (+1 soʻm) miqdoridan 60 barobari miqdorigacha‎

soliq solinmaydigan oylik minimumning 48 barobari miqdoridan olinadigan soliq + 48 barobaridan ortiq summaning 20 foizi‎

ish haqi soliq solinmaydigan oylik minimumi 60 barobari (+1 soʻm) miqdoridan 90 barobari miqdorigacha ‎

soliq solinmaydigan oylik minimumning 60 barobari miqdoridan olinadigan soliq + 60 barobaridan ortiq summaning 30 foizi‎

ish haqi soliq solinmaydigan oyl�k minimumi 90 barobari (+1 soʻm) miqdoridan 120 barobari miqdorigacha‎

soliq solinmaydigan oylik minimumning 90 barobari miqdoridan olinadigan soliq+ 90 barobaridan ortiq summaning 40 foizi‎

ish haqi soliq solinmaydigan oylik minimumi 120 barobari (+1 soʻm) miqdori va undan yuqori‎

soliq solinmaydigan oylik minimumning 120 barobaridan olinadigan soliq + 120 barobaridan ortiq summaning ‎50 foizi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 8-modda 1-bandining ikkinchi qismi “favqulodda hollarda” degan soʻzlardan keyin “12 foizdan kam boʻlmagan miqdorda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda), Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi Qonuni bilan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 191-modda), 1991-yil 20-noyabrdagi Qonuni bilan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 50-modda), 1992-yil 14-yanvar va 2-iyuldagi qonunlari bilan kiritilgan oʻzgartishlar bilan) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddimadan “eksport-import soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muqaddima quyidagicha mazmunda boʻlgan qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahsulotlar joʻnatilganligi, ishlar bajarilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi hisob-kitob hujjatlari taqdim etilsa, ushbu Qonunga binoan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar realizatsiya qilingan hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 3-moddaning 2-bandi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Ushbu Qonunda mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan kelgan tushum deyilganda joʻnatilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmat uchun taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha olingan summa tushuniladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-moddaning 3-bandidagi “sotib olingan” degan soʻzlar “taqdim etilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 4-moddaning ikkinchi xatboshisi “mol-mulkka, transport vositalarining egalariga solinadigan soliqlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 4-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “va savdo markasidan foydalanish” degan soʻzlar “savdo markasidan foydalanish va sotib olinadigan brokerlik oʻrinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 4-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi quyidagicha tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“reklama uchun amaldagi meʼyorlar boʻyicha ketgan xarajatlar summasi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 4-moddaning oʻn yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 5-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 6-modda 1-bandining ikkinchi qismidagi “30” raqami “35” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu band quyidagicha tahrirdagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish korxonalari uchun soliq stavkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 6-moddaning 2-bandi chiqarib tashlanib, umuman 6-modda va 6-modda 1-bandi birinchi xatboshisining tartib raqamlari tegishincha oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 6-modda 3-bandining ikkinchi qismidagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 9-moddaning “e” bandidagi “oʻz ustav” degan soʻzlar “xayriya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 9-moddaning “o” bandi quyidagicha tahrirda bayon etsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o) Qizil Yarim oy jamiyati korxonalari va tashkilotlari asosiy faoliyatlari boʻyicha jamiyatning xayriya vazifalarini bajarishda toʻliq foydalanish sharti bilan;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 9-modda quyidagi tahrirdagi “p” bandi bilan toʻldirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“p) ijodiy uyushmalar va ularning korxonalari asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olgan va ijodiy uyushmalarning ustav faoliyatini bajarish uchun sarflaydigan daromadlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 11-modda quyidagicha tahrirdagi toʻrtinchi band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar ajratayotgan chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar oʻz ishining dastlabki besh yilida”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 12-moddaning uchinchi xatboshisidagi birinchi gap quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishlab chiqarishni investitsiyalashga, konversiyalashga, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, binokorlik materiallari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni investitsiyalashga olingan qarzlarni qoplashga ketadigan sarf-xarajatlarning 50 foiziga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 12-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “ijodiy uyushmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. 12-modda soʻnggi qismdagi “va oʻzga xayriyalarga” degan soʻzlardan keyin quyidagicha tahrirdagi yangi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalarning nogironlarga moʻljallangan ijtimoiy-madaniy inshootlar, sport inshootlari qurishni, ular uchun asbob-uskunalar olishni, ularni saqlashni pul bilan taʼminlashga ajratadigan mablagʻga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ishlovchilar soni 34 nafardan kam boʻlmagan korxonalarda) belgilangan meʼyordan ortiqcha ravishda ishga joylashtirilgan nogironlarning har 2,5 foizining daromadidan olinadigan soliqning bir foiziga toʻgʻri keladigan miqdorga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirish, texnologiyani yangilash va ijtimoiy dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun qayta investitsiyalaydigan qismiga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. 17-moddaning soʻnggi xatboshisi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida import tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda quyidagicha tahrirdagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aksizlarga tenglashtirilgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymatga solinadigan soliqni hisoblab chiqishda aksizlar summasi soliq solinayotgan oborotga qoʻshiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. 18-moddadagi “30” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. 19-moddaning 1, 2 va 4-bandlari chiqarib tashlanib, modda bandlarining tartib raqamlari tegishincha oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. 19-moddaning 23-bandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“aholiga qarashli avtomobillarni remont qilish va ularga texnika xizmati koʻrsatish borasidagi xizmatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. 19-modda quyidagicha tahrirdagi 28, 29 va 30-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“28) stenografiya xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) vakolatli davlat tashkilotlari oʻtkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkini himoya qilish boʻyicha ichki ishlar idoralari huzuridagi idoradan tashqari qoʻriqlash xizmatlari (fuqarolarning kvartiralariga va xalq xoʻjaligi obyektlarining binolariga asbob-uskunalar oʻrnatish va qoʻriqlash-yongʻindan himoya qilish signalizatsiyalari montaj qilish borasidagi xizmatlar bundan mustasno)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. V bob chiqarib tashlanib, keyingi boblar va moddalarning tartib raqamlari tegishincha oʻzgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 28-modda quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xomashyo resurslari va mahsulotlar realizatsiya qiluvchi korxonalar soliq toʻlovchilar hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. 34-modda quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korxonalarning mol-mulkiga 1 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblab chiqarilgan soliq summasi majburiy toʻlov tarzida birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun ketgan xarajatlarga ajratgan holda budjetga oʻtkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. 44-modda quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Qonunni tatbiq etishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan birgalikda chiqariladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
739-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)