Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston” davlat tennis klubini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida tennis va suv sportini yanada rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalash va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbeksavdo” AJ, “Oʻzoziqovqattaminot” davlat aksiyadorlik jamiyatining 2001-yil 1-yanvardan “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubining ochiq tennis korti negizida mazkur ochiq tennis kortini “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi tarkibidan chiqargan holda “Oʻzbekiston” davlat tennis klubini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Yunusobod-tennis” davlat tennis klubi hududidagi ochiq suzish havzasi qurilish ishlari yakunlanganidan soʻng, yangi tashkil etilgan “Oʻzbekiston” davlat tennis klubi balansiga oʻtkazilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-dekabr,
512-son