ONLINE TRANSLATE
Document passport
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.11.2026 yildagi 616-son

Ushbu Nizom Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining (Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
 
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
 
to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
 
to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
 
to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
 
sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish;
 
jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish va boshqalar.
 
Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori rahbarlik qiladi.